Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 29-sentabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Rossiya Shimoliy Yevropadagi qo‘shinlarining 80 foizini Ukrainaga o‘tkazgan — Foreign Policy

Rossiya Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan chegara yaqinida joylashgan qo‘shinlarining 80 foizini Ukrainaga o‘tkazgan. Bu haqda Foreign Policy xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva Shimoliy Yevropadan Ukrainaga boshqa harbiy texnikalar, jumladan, zenit tizimlari va raketalarni olib o‘tmoqda. Avvalroq Finlyandiyaning Yelis nashri S-300 havo mudofaa tizimi Sankt-Peterburgdan Ukrainaga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.

Ayni paytda Rossiya Finlyandiya bilan chegarada ko‘chma safarbarlik punktini ochdi, Qozog‘iston bilan chegarada esa yuqori shaylik holatini e’lon qilgan.

Eslatib o'tamiz Ukrainada harbiy operatsiya start olishi bilanoq, Rossiya harbiy komissariatlariga o‘t qo‘yish boshlangandi, yetti oy ichida harbiy komissariatlar va ma’muriy binolarga 50 dan ortiq hujumlar amalga oshirildi. Mediazona ma'lumotlariga ko'ra safarbarlik e’lon qilingach, o‘t qo‘yishlar sezilarli darajada ko‘paygan.

Germaniya may oyidan buyon Ukrainani razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlab kelmoqda — OAV

Shu yilning may oyida Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga nafaqat qurol-yarog‘, balki razvedka ma’lumotlaridan iborat maxfiy axborotni taqdim etishni ham ma’qullagan. Bu haqda Zeit jurnali va ARD Kontraste jurnalining qo‘shma surishtiruvida aytiladi.

Xabar berilishicha, Kiyevga may oyidan buyon sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar, “tutib olingan” radio va telefon xabarlari uzatilib kelinmoqda. Razvedka tekshiruviga ko'ra Germaniyaning bu harakatlari urushga qo‘shilganini bildirmaydi va yuridik jihatdan xalqaro huquqqa muvofiq keladi, degan xulosaga kelindi.

Aprel oyida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin birinchi marta Pentagon Ukraina Qurolli kuchlariga Donbassda jangovar harakatlar olib borish uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etishini tasdiqlagan edi.

Keyinroq Amerika razvedkasi Ukrainani Rossiya armiyasi qo‘mondonlik punktlarining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu razvedka ma’lumotlari Ukrainaga Rossiya armiyasining shtab-kvartirasiga zarba yo‘llashga imkon bergan

Kreml esa G‘arbning Ukrainaga yuborayotgan razvedka ma’lumotlari Rossiyaning maxsus operatsiyadagi maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi.

AQSH Mehnat vazirligi O‘zbekiston paxtasi va undan tayyorlangan mahsulotlarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSH Mehnat vazirligi o‘zining TDA Report hisobotida 2011-yildan beri birinchi marta O‘zbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish bo‘yicha “sezilarli taraqqiyot”ning eng yaxshi toifasiga kiritdi va mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati”dan chiqarilishini e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)