Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Tailand turizm boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Amazing Thailand Roadshow 2022” doirasida pandemiyadan keyingi birinchi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tailand sayyohlik sohasi mutaxassislaridan iborat katta delegatsiya O‘zbekiston turizm sektori vakillari bilan uchrashdi. Tailandning sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona egalari, mezbon kompaniyalar Markaziy Osiyodan kelgan hamkasblariga o‘z takliflari haqida batafsil aytib berishdi.

Shuningdek, tadbirda Tailand turizm boshqarmasi boshlig‘ining xalqaro marketing (Yevropa, Afrika, Yaqin Sharq va Amerika) bo‘yicha o‘rinbosari janob Chattan Kunjara Na Ayutthaya boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani lohida ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida janob Chattan jurnalistlarning savollariga javob berishga vaqt ajratdi va Tailand har doim Markaziy Osiyo va MDHdan kelgan sayyohlarni intiqlik bilan kutayotgani va ular Tailandni qanchalik sevishini bilishini yana bir bor ta’kidladi.

1-oktabrdan Tailand COVID-19 bilan bog‘liq barcha cheklovlarni bekor qiladi. Endilikda chet ellik sayyohlar mamlakatga kirish uchun vaksina olganligi haqidagi sertifikat yoki PZR testi natijalarini taqdim etishi shart emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi