Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya zarurat yuzaga kelsa va mamlakat mavjudligiga nisbatan xavf tug‘ilsa, yadro qurolini qo‘llash huquqiga ega, deb yozdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z Telegram-kanalida.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Agar bu zarur bo‘lsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishga haqli. Oldindan belgilab qo‘yilgan holatlarda. Yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosati asoslariga qat’iy rioya qilgan holda”, — dedi u.

Yadro qurolini qo‘llash haqidagi qaror Rossiya yoki uning ittifoqdoshlariga xuddi shunday yoki oddiy qurol-yarog‘ yordamida hujum qilingan taqdirda, mamlakatning mavjudligi xavf ostida bo‘lgan paytda qabul qilinishi mumkin, deb yozdi sobiq prezident va sobiq bosh vazir.

“Bundan tashqari, bizga dushmanlarcha munosabatda bo‘lgan qo‘shnilarimizda yadro quroli paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsa qilamiz. Masalan, bugungi kunda NATO mamlakatlari tomonidan bevosita boshqarilayotgan natsistlar Ukrainasida”, — dedi Medvedev.

Uning taxmin qilishicha, Rossiya tomonidan “eng dahshatli qurol” qo‘llanilgan taqdirda, NATO vaziyatga aralashmaydi, chunki, uning fikricha, alyans uchun Vashington, London, Bryusselning xavfsizligi “hech kimga kerak bo‘lmagan, halokat yoqasidagi Ukraina”dan ko‘ra ancha muhimroqdir.

Kiyevga zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berilishini Medvedev Rossiyaga nisbatan “nafrat” vasvasasiga uchragan G‘arb mamlakatlari uchun “shunchaki biznes” deb atadi. “Shuning uchun ham — ushbu nizoda har qanday qurolning qo‘llanilishini indamay qabul qiladi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 21-sentabr kuni Putin Rossiya o‘z hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qo‘l ostidagi barcha vositalarni ishga solishga tayyorligini bildirgandi. “Bu quruq tahdid emas”, — degandi u o‘z murojaatida.

Avvalroq AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Oq uy Rossiyani ushbu turdagi quroldan foydalanish halokatli oqibatlari haqida ogohlantirganini aytgandi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken esa CBS telekanaliga bergan intervyusida AQSH ma’muriyati Rossiya tomonidan yadro quroli qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladigan harakatlar rejasini tuzib qo‘yganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi