Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1-dekabr kuni Vashingtonga davlat tashrifi bilan borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uyga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Prezident Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden 2022-yil 1-dekabr kuni AQSHga davlat tashrifi bilan keladigan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Brijit Makron xonimni qabul qiladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu Makronning Bayden prezidentligi davrida Vashingtonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli global muammolar va ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusidagi yaqin hamkorlik masalasini muhokama qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda