Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

27-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Rozett toshlarining o‘qishga muvaffaq bo‘lgan Shamolyon, Afg‘oniston demokratik respublikasining so‘nggi yetakchisi Muhammad Najibulloning o‘ldirilishi hamda Klivlenddagi ekologik falokatga oid faktlar o‘rin olgan.

Misrning qadimiy yozuvlari tushirilgan Rozett toshlarining o‘qilishi

1822-yilning 27-sentabri misrshunoslikka asos solingan kun hisoblanadi. Aynan ushbu kunda Parijda Jan-Fransua Shampolyon — yosh professor va Qo‘lyozmalar va adabiyot akademiyasi a’zosi mashhur Rozett toshiga bitilgan iyerogliflarni o‘qishga muvaffaq bo‘lganini akdemiyada ma’lum qilgan.

Foto: Wikimedia Commons

Foto: Wikimedia Commons

Misrshunos olim ushbu iyerogliflar qanday ma’no anglitishi haqidagi yakuniy xulosaga bir hafta oldin kelgan. O‘sha kuni tongda u do‘stidan xat olgan bo‘lib, maktubda Abu-Simbaldan topilgan iyerogliflar tasviri chizilgan. Rozett toshiga o‘yilgan yozuvlarni taqqoslash orqlai u iyerogliflarni o‘qish mumkinligini tushunib yetgan. Va eng muhimi — buni qanday amalga oshirishni bilgan.

Rozett toshi — qora bazaltdan iborat monolit plita bo‘lib, misrlik kohinlar unga ma’no jihatdan bir xil, ammo yozilishi turlicha bo‘lgan matnlarni tushirgan — ulardan biri qadimgi Misr yozuvida bo‘lsa, ikkitasi demotik — soddalashtirilgan iyerogliflar variantida yozilgan. Plitani Napoleon askarlari 1799-yilgi yurishda tasdofian Rozett shahri (hozirgi Rashid)dan topgan. Demotik yozuvni qandaydir usul bilan o‘qish imkoni bo‘lgan, ammo iyeroglifli matnni o‘g‘irish borasida hatto umid ham bo‘lmagan — Misr iyerogliflari ma’nosi ancha oldin unutilib ketilgan belgilar deb hisoblangan.

Shampolyon boshqacha hisoblagan. U yoshligidan tillarni o‘rganishda juda qiziqqan, akasi Jak-Jozef qadimgi Misr tarixi bilan shug‘ullangani bois bu qiziqish ukasiga o‘tgan.

Foto: Wikimedia Commons

Foto: Wikimedia Commons

Rozett toshi topilganidan Jan-Fransua shu ondayoq xabar topgan. Olimning eslashicha, u topilma haqida to‘qqiz yozishida jurnaldan o‘qigan. Undagi iyerogliflarni o‘qish imkonsiz ekanini eshitib, maktabda barchaga uni bir kun kelib o‘qiy olishini e’lon qilgan. Jan-Fransua artefakt bilan haqiqatda shug‘ullanishni 10 yildan keyin boshlagan — aynan o‘shadan boshlab u akasi bilan maktub orqali Rozzet toshini muhokama qilishni boshlaydi.

Shampolyonning hayoti Napoleon urushlari va undan keyingi Restavratsiya davriga to‘g‘ri keladi. U akasi kabi Bonapart tarafdori bo‘lgan, shu sababli uning muvaffaqiyati ham, mag‘lubiyati ham olimlarga ta’sir ko‘rsatmay qolmagan — Bonapart ag‘darilganidan keyin Jan-Fransua professorlik maqomidan mahrum etilgan. Shunga qaramay, u Misr iyerogliflarini o‘rganishni to‘xtatmagan.

Foto: Wikimedia Commons

Foto: Wikimedia Commons

Rozett toshini tahlil qilish davomida aniqlangan birinchi narsa — undagi ayrim demotik yozuvlarning kopt alifbosi belgilarini yodga solishi bo‘lgan. Keyinroq u mazkur o‘xshashliklar tasodif emasligini isbotlagan. Ammo iyerogliflarni tushunish uchun yana vaqt kerak edi. Avvaliga u ular harf emas, balki so‘zni anglatadi deya xato o‘ylagan va oxiri berk ko‘chaga kirib qolgan. Natijada Shampolyon Misrning iyeroglifli matni belgilar va harflar aralashmasi ekanini tushungan.

14-sentabr kuni Shampolyon kashfiyotini amalga oshirganida, u o‘ziga yuborilgan eskizlarda iyerogliflarni, ya’ni pastki qismida gorizontal chiziq bilan cho‘zinchoq konturni (kartush) ko‘rgan Qadimgi Misrda, allaqachon o‘rnatilganidek, misrliklar fir’avnning ismini shu kabi jimjimador yozgan.

Shampolyon birinchi bo‘lib fir’avn Ramzesning ismini o‘qigan. Kartush Quyosh tasviridan boshlangan bo‘lib, bu “r” harfini anglatgan, chunki koptchada Quyosh “re” deyiladi. So‘z oldinroq aniqlangan va “mms” tovushini beruvchi tasvir bilan yakunlangan. Tadqiqotchi boshqa Rozett toshiga bitilgan kartushni ham eslagan. Uni o‘rgangan Shampolyon “mms” iyeroglifi so‘z oxirida ekanini ko‘rgan, so‘z boshida esa laylaksimon qush tasviri bo‘lgan. Ammo ushbu qush koptchada “tot” deyiladi. Bu esa fir’avnning ismi Tutmos bo‘lganini anglatgan.

Foto: Wikimedia Commons

Foto: Wikimedia Commons

Qo‘lyozmalar akademiyasiga hisobot berishga ozgina vaqt qolganida Shampolyon Rozett toshining qolgan iyerogliiflarini ham tahlil qilib, hatto ularni yodlab olgan. Oxir-oqibat u iyerogliflarning katta qismi alifbo belgilaridan iborat ekanini aniqlagan.

Keyingi yillar davomida Shampolyon qadimgi Misr yozuvlarini imkon boricha ko‘proq o‘rganishga uringan. O‘z izlanishlari davomida u Italiyaga borga, xususan, u yerda Rozett toshiga o‘xshash qo‘lyozmaga duch kelgan — u grekcha, demotik va iyeroglifli yozuvlarda qayd etilgan. Bu yozuvlarda u ikkita ismni — Kleopatra va Yuliy Sezardan tug‘ilgan o‘g‘li Sezarionni o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. 1828 va 1829-yillarda Misrga sayohati esa uning hayotida tub burilish yasagan. Yozuvlarni qidirib, u deyarli butun mamlakatni — Rozett, Qohirani aylanib chiqqan, Luksor va Karnak ibodatxonalarida bo‘lgan.

“Qayta qurishning so‘nggi qurboni”: toliblar Najibulloni qanday qatl etgandi?

1996-yilning 27-sentabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston poytaxti Kobulni deyarli jangsiz egallagan edi. Ular kechasi BMT vakolatxonasi binosiga kirib, Afg‘oniston Demokratik Respublikasi (AFR)ning so‘nggi yetakchisi Muhammad Najibullo hamda uning ukasi Shohpur Ahmadzoyni qo‘lga olib, u yerdagi qolgan afg‘onlarni kaltaklagandi. Oradan uch soat o‘tgach, asirlar qatl etilgan. Marhum Najibulloning jasadi mashinaga bog‘lanib, prezident saroyi bo‘ylab ikki kilometr sudralgan, keyin esa darvoza oldiga osib qo‘yilgan. Sobiq prezidenting o‘g‘irlanishi va hech qanday sudsiz o‘ldirilishi BMT Bosh Assambleyasi va qator musulmon davlatlar tomonidan qoralangan, biroq aksiya rahbari Nur Hakmal quyidagicha javob qaytargan: “Biz uni o‘ldirdik, chunki u xalqimiz qotili edi”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Shundan keyin toliblar Afg‘oniston Islom Amirligiga asos solinishini e’lon qildi, nazorati ostidagi hududlarda shariat qonunlarini joriy etib, mamlakatni besh yil — AQSH 2001-yil 11-sentabrdagi teraktga javoban terrorchilarga qarshi operatsiya e’lon qilgunga qadar boshqardi.

Umuman olganda Afg‘onistonda fuqarolik urushi 1978-yilning 27-aprelida sodir bo‘lgan “Aprel inqilobi”dan buyon to‘xtamagan, o‘shanda harbiy to‘natish ortidan hukumat tepasiga Nur Muhammad Tarakiy va uning o‘rinbosarlari — Babrak Karmal va Hafizillo Amin kelgan edi. Ular Afg‘onistondagi Xalq-demokratik partiyasining turli fraksiyasi vakillari bo‘lib, uni Osiyodagi sovet respublikasiga aylantirish niyatida edi.

Amin hokimiyatni 1979-yilning 16-sentabrdai o‘zidan oldingi rahbar va partiya asoschisi Tarakiyni o‘ldirib, keyin egallagan. Buning ortidan sovet qo‘shinlarini yordamga chaqirgan Amin katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi: haddan tashqari mustaqil va hokimiyatga chanqoq rahbarga ishonmay, sovet partiyasi rahbarlari uni yo‘q qilishga qaror qilgan — zaharlash borasidagi muvaffaqiyatsiz urinishidan so‘ng, Sovet maxsus kuchlari Amin saroyiga bostirib kirgan, natijada ko‘plab insonlar, shu jumladan, Aminning o‘zi va ikki o‘g‘li qurbon bo‘lgan. Oilaning qolgan a’zolari esa Tarakiyning oilasi bilan qamoqqa tashlangan.

Aminning o‘rniga Moskvadan transport samolyoti bilan keltirilgan Babrak Karmal tayinlangan. Bundan qadar u yuqori lavozimdan chetlatilgan va dastavval Chexoslovakiya elchisi etib tayinlangandi, 1978-yilning kuzida esa hukumatga qarshi fitnani tashkillashtirishda ayblanib, mamlakatdan qochib ketgan.

Babrak Karmal hokimiyatga Gorbachev va qayta qurish kelguniga qadar Afg‘onistonni boshqargan. 1986-yilning 4-mayida Karmal “sog‘lig‘i tufayli” bosh kotib lavozimidan chetlatilgan va qolgan umrini Moskvada o‘tkazgan — u 1996-yilning 3-dekabrida buyrak saratonidan vafot etgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Aprel voqealaridan keyin Kobul universitetida tibbiy ta’limni olgan “doktor Najibullo” Kobul partiyasi qo‘mitasini boshqargan, keyin esa Karmal bilan birga hokimiyatdan chetlatilgan: 1978-yilning 28-iyunida u Eronga elchi etib tayinlangan, oktabrda esa hukumatga qarshi fitnada ayblanib, fuqarolikdan mahrum etilgan. Shuningdek, u sovet qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritilgunga qadar Moskvada yashirinib yurgan. 1980-yilda mamlakatga qaytgach esa Afg‘oniston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.

Afg‘oniston Demokratik Respublikasi raisi bo‘lgan Najibullo 1987-yilning 1-oktabridan keyin ham deyarli imkonsiz ishni amalga oshirgan: sovet qo‘shinlari olib chiqib ketilgan bo‘lsada, hokimiyatni o‘z qolida ushlab qolgan. U 1990-yilning 6-martida o‘z mudofaa vaziri Shohnavoz Tanayning qurolli isyonini bostirgan. Uning hokimiyati hatto 1992-yilning 1-yanvaida SSSR tarqalgach, Rossiya Afg‘onistonga barcha qurollanish va o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatib, maslahatchilarini chaqirib olganidan keyin ham boshqara olgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Bu vaqt ichida Najibullo milliy yarashuv siyosatini olib borishga, siyosiy mahbuslarni ozod qilishga, o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga, muzokaralar o‘tkazishga, koalitsiya hukumatiga muxolifat vakillarini taklif qilishga va nihoyat ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tishga harakat qilgan. U Ahmadshoh Mas’ud, Jaloliddin Haqqoniy va Ismoil Xon kabi dala qo‘mondonlarini sirtdan afv etgan, mamlakat nomini Afg‘oniston Respublikasi deb o‘zgartirgan, 1987-yilda konstitutsiyani o‘zgartirib, undan sotsializm va kommunizmga oid barcha havolalar olib tashlangan.

Biroq bularning barchasi endi yetarli emas edi: Pokiston va Erondan ko‘plab qochqinlar qaytib kelganiga va qurolli guruhlarning bir qismi hukumat tomoniga o‘tganiga qaramay, muxolifatning asosiy rahbarlari hali ham hukumatning tinchlik tashabbuslarini qat’iyat bilan rad etardi.

Najibullo vaziyat ustidan nazoratni 1992-yilning 18-martida iste’foga chiqishga tayyorligini aytganida boy berdi. Najibullo kelayotgan dushmandan BMTning Afg‘onistonga gumanitar yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Benon Sevan ko‘magida 16-aprel kuni oilasi bilan Kobuldan BMT samolyotida qochishga uringan. Biroq uning o‘zi Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi Afg‘onistondagi o‘zbeklar qarshiligi sabab samolyotga o‘tira olmagan. Najibullo ukasi bilan BMTning Kobuldagi qarorgohiga yashirinishga majbur bo‘lgan. Hindiston elchixonasi unga yordam berishdan bosh tortgan.

28-aprel kuni Ahmadshoh Mas’ul qo‘shinlari Kobulga jangsiz kirgan va Reuters agentligi Najibulloni “qayta qurishning so‘nggi qurboni” deb atagan. Shunga qaramay, u toliblar kelguniga qadar to‘rt yil yashagan va intervyular bergan, Piter Xopkirkning “Rossiyaga qarshi katta o‘yin: Osiyo sindromi” kitobini pushtu tiliga tarjima qilgan.

Klivlenddagi ekologik falokat

1986-yilning 27-sentabr kuni soat 13:50 larda Klivlendda 1,5 millionga yaqin havo shari chiqarib yuborilib, jahon rekordi o‘rnatilgan edi. Mazkur voqea tashkilotchisi bo‘lgan United Way keyingi bir necha soat, kunlar va haftalar davomida yer tortishish kuchining o‘zgarmas qoidasiga o‘z tajribasida guvoh bo‘lgan: ko‘tarilgan hamma narsa, qulashi kerak.

Foto: Pikabu

Foto: Pikabu

Mazkur holatda sharlar Byork-Leykfront aeroportiga tushib, uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘sib qo‘yadi. Medin okrugiga tushgan sharlar otlarni qo‘rqitib yuborgan va natijada u tashkilotchilarni sudga berib, kompensatsiya undirishga muvaffaq bo‘lgan. Erik ko‘liga tushgan sharlar Sohil xizmati vertolyotiga bedarak yo‘qolgan ikki baliqchini topishga xalaqit bergan, keyinchalik ularning jasadi topilganl marhumlardan birining ayoli sudga berib, ishni yutib chiqqan.

1986-yilda o‘tkazilgan Havo sharlari festivali — Balloontest’ning maqsadi xayriya mablag‘larini to‘plash va bir vaqtning o‘zida havoga uchirilgan sharlar rekordini yangilash edi. Bundan oldingi rekord bir yil oldin Kaliforniyada Disneylendning 30 yilligi munosabati bilan o‘rnatilgan.

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, United Way tashkiloti rekordni urish maqsadida 1,5 million dona havo shari sotib olgan. Aksiga olib, ob-havo ham ularga qarshi ishlagan: tadbirning eng qizg‘in joyida yomg‘ir quay boshlagan. Shamol havo sharlarini shimol tomon uchirgan, yomg‘ir esa ularni suvga tushirgan.

Foto: Pikabu

Foto: Pikabu

The Plain Dealer gazetasi ushbu voqeani quyidagicha ta’riflagan: “2,5 ming nafar talaba va ko‘ngillilar ertalabdan to‘ldirgan havo sharlarining plastik konteylerlari maydonning janubi-g‘arbiy qismini egallab, turfa rangli ulkan qubbani eslatardi. Bir necha soniyadan keyin sharlar osmonga uchirildi, ular binoni butunlay to‘sib qo‘ydi, keyin bulutlar orasiga uchib, rangli dog‘ga aylandi”.

29-sentabr kuni gazeta Sohil xizmati ikki kun oldin baliq tutishga chiqqan Raymon Broderik va Bernard Zulserni qidirish ishlarini to‘xtatgani haqida yozgan. Ularning kemasi Edjuoter Parkning g‘arbiy qismidan topilgan. Sohil xizmatining taxminicha, kema to‘lqinli suvda ag‘darilib ketgan, baliqchilar esa suzib chiqishga uringan, biroq buni uddalay olmagan. Ikki haftadan keyin suv ularning jasadini qirg‘oqqa chiqarib tashlagan.

Bu vaqtga kelib, Havo sharlari festivalining asoratlari haqida ko‘plab shikoyatlar kela boshlagan. Xususan, geliy gazining isrof qilinishi, aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘sib qo‘yilgani…

Noyabr oyiga kelib barcha xalqaro nashrlar bu haqida yozishni boshlagan. Ontariolik Allen Vudliff ismli erkak sayr qilib yurib, ko‘lda bir yoki ikki emas, bir dunyo sharlarga duch kelganini aytgan: “Bu sharlar plastikdan qilingan, chirimaydi: ularni olib tashlash uchun yaxshigina xarajat ketadi. Shuningdek, ular yovvoyi hayvonlarga zarar yetkazishi ham mumkin”.

Muammolar shu bilan tugamagan. 1987-yilning 4-sentabr kuni The Plain Dealer gazetasi quyidagi xabarni yozgan: “Kecha Montvil shahrida yashovchi Luiza Novakovski 100 ming dollar kompensatsiya olish maqsadida United Way’ni sudga berdi. Uning aytishicha, festival davomida uchirilgan sharlardan qo‘rqib ketgan arab otlariga yugurib, jiddiy jarohat olgan”. Mazkur ish oshkor etilmagan holda hal qilingan.

Foto: Pikabu

Foto: Pikabu

Oradan bir yil o‘tgach, yuqoridagi festivalga bog‘liq yana bir sud mojarosi ommaga ma’lum bo‘lgan. Bruklinlik ayolning ma’lum qilishicha, Sohil xizmati xodimlari uning Eri ko‘liga cho‘kib ketgan turmush o‘rtog‘ini qidirishda minglab havo sharlari sabab qiyinchilikka uchragan. U tadbirni tashkillashtirgan kompaniyani sudga berib, 3,2 million dollar kompensatsiya talab qilgan. Mazkur ish ham oshkor etilmagan shartlar asosida yopib yuborilgan.

“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi