Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya Ukrainaga tanklar yubormoqchi emas, chunki bu mojaro rivojlanishida xavfli qadam bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Shu tariqa u Germaniya nega Kiyevga tank yetkazib bermayapti, degan savolga javob berdi.

“Bu juda xavfli urush. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz buni NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushga olib kelmaydigan tarzda amalga oshirmoqdamiz, aks holda bu falokatli bo‘lardi”, — dedi Shols.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq Germaniyani Kiyevga tank yetkazib berishni istamagani uchun tanqid qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Berlindan harbiy va moliyaviy ko‘mak uchun minnatdor, ammo “g‘alaba qozonishi uchun ko‘prog‘i kerak”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqada ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov