Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘tgan yili dunyoda boy odamlarning soni tez sur’atlar bilan o‘sdi, bunga fond bozori va uy-joy narxlaridagi o‘sish tufayli erishilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Credit Suisse’ning so‘nggi yillik boylik hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili 5,2 million kishi millionerga aylangan, ularning deyarli yarmi AQSHda bu natijaga erishgan.

Bu joriy asrda qayd etilgan mamlakatlardagi millionerlar sonining eng katta o‘sish ko‘rsatkichidir, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab millionerlarning umumiy soni 2021-yil oxiriga kelib 62,5 millionni tashkil qilgan.

20-sentabrda e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, o‘tgan yil oxirida global umumiy boylik 9,8 foizga o‘sib, 463,6 trillion dollarni tashkil qilgan.

Iqtisodiyoti yetakchi ikki davlat — AQSH va Xitoy uy xo‘jaliklari boyligi bo‘yicha eng katta o‘sishga erishgan, undan keyin Kanada, Hindiston va Avstraliya joylashgan.

 

Bunday o‘sishga erishishda har bir mamlakatga 2021-yilda iqtisodiy ishlab chiqarishning sezilarli o‘sishi va uy-joy yoki fond bozorlaridagi kuchli faollik yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Bu pandemiya davrida sezilarli darajada yomonlashgan global tengsizlikni yana bir bor kuchaytirdi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil global qashshoqlikka qarshi kurashda tarixiy muvaffaqiyatsizlik yuz bergan, bunda dunyodagi eng kambag‘al aholi soni 20 yil ichida birinchi marta ko‘paygan.

O‘shandan beri umumiy qashshoqlik ko‘rsatkichi yana bir oz pasaygan bo‘lsa-da, bu yil yana pandemiya, Ukrainadagi urush va inflyatsiyaning uzoq davom etayotgan oqibatlari tufayli o‘n millionlab odamlar o‘ta qashshoqlikda yashashi mumkin.

Avvalroq keyingi yillarda millionerlar soni keskin oshishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi