Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezidentning “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Unga ko‘ra, ipoteka kreditiga subsidiya olganlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari JSHDSga tortilmaydi. Ushbu imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi (bugungi kunda 73,6 million so‘m).

2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida begonalashtirilganda yuqoridagi daromadlar soliqqa tortiladi.

2022-yil 1-noyabrdan boshlab, tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi bozorda sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat beriladi.

2021-yilda yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlari doirasida berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi. Viloyatlar markazlarida Toshkent shahri tajribasi asosida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi