“Toshkent metropoliteni” DUK korrupsiyaning oldini olish xizmati xodimlari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida 22-sentabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlandi.
Jumladan, metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan R.R. fuqaro L.L.ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ushbu xodimga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)