Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi savdo do‘konidan kiyim-kechak o‘g‘irlagan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.N. IIBga murojaat qilib, unda 13-aprel kuni noma’lum shaxs Ibn Sino ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida qarovsiz qoldirgan, narxi 1,5 million so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni F.N. ismli ayol sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi