Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Andijon shahrida Cobalt haydovchisi YPX xodimining talablariga bo‘ysunmasdan, uni mashina kapotida sudrab ketgani xabar qilingandi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, 15-sentabr kuni tungi soat 21:58 da Cobalt haydovchisi — 2003-yilda tug‘ilgan K.V. Andijon shahri Milliy tiklanish va Amir Temur shohko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, avtomashina kapoti ustida xodimni sudrab ketgan. Holat yuzasidan esa IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan.

21-sentabr kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro K.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)ga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushlangan. Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, haydovchi joyidan keskin qo‘zg‘alishi hamda xavfli manyovr bilan o‘ng tomonga keskin qayrilishi oqibatida inspektor kapotdan tushib ketgan. Oqibatda uning qo‘l-oyog‘i shilingan, jezl va aloqa vositalari sinib, shikastlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?