So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    Tobi Maguayr o‘rgimchakdan, Ledi Gaga bolalardan qo‘rqadi: mashhurlarning eng g‘ayrioddiy fobiyalari

    22.09.2022, 19:41 9931

    G‘alati va g‘ayrioddiy deb atash mumkin bo‘lgan fobiyalar ham mavjud. Agar siz qorong‘ilikdan qo‘rqsangiz, bolaligingizda juda ko‘p dahshatli filmlarni tomosha qilgan bo‘lishingiz mumkin. Yoki bolaligingizda daraxtlarga chiqishni yaxshi ko‘rgan bo‘lsangiz va yiqilib tushganingizda, balandlikdan qo‘rqish hissi yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. AdMe nashri mashhur insonlarning eng g‘alati fobiyalari haqida ma’lumot berdi.

    O‘z aksidan qo‘rqish

    Eyzotrofobiya — bu odamning ko‘zguda o‘zining aksidan qo‘rqadigan fobiya turi hisoblanadi. Pamela Anderson xuddi shu fobiya turidan aziyat chekadi, u ko‘zguga qaramaslik uchun o‘zini ko‘plab vizajistlar o‘rab olishini yaxshi ko‘radi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tish shifokoridan qo‘rqish

    Robert De Niro stomatologdan har bir muolaja qilishidan avval narkoz qilishini so‘raydi. U nafaqat shifokor kursisida, balki tish davolash haqida o‘ylashdan ham vahima tushadi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, unga tishlari bilan bog‘liq muolajada nimanidir noto‘g‘ri qilishlari mumkindek tuyuladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Teshiklardan qo‘rqish

    Umuman olganda, tripofobiya — teshiklar va kichik g‘ovaklardan qo‘rqish kasalligi, bu juda keng tarqalgan fobiya turi hisoblanadi. Ushbu kasallikdan aziyat chekadigan insonlar asalari inlari, g‘ovakli shokolad, gubkalar va boshqa ko‘plab narsalardan qo‘rqadi. Mashhur model Kendall Jennerda ham shunday fobiya mavjud.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Hayvonlar va hasharotlardan qo‘rqish

    Hayvonlar va hasharotlardan qo‘rqish insonlar orasida eng keng tarqalgan fobiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘rgimchaklar va ilonlar haqida gap ketganda ko‘plab insonlarning ulardan qo‘rqishi tabiiy holat ekanini barchaga ma’lum. Masalan, Orlando Blum cho‘chqalardan juda qo‘rqadi — u porkufobiyadan aziyat chekadi. Aktyorning aytishicha, u hatto cho‘chqa go‘shtiga ham chiday olmaydi va u cho‘chqa go‘shti sotiladigan joylarda bo‘lmaslikni afzal ko‘radi. Aktyor suratga olish maydonchasida cho‘chqaga yaqinlashganida u isteriyani boshdan kechirdi. Hayvon ham, aktyor ham bir-biri bilan bu holatdan so‘ng uzoq vaqt o‘tib o‘ziga kelgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mashhurlar orasida hasharotlardan qo‘rqadiganlari ham bor. Masalan, taniqli aktrisa Skarlett Yoxansson suvaraklardan qo‘rqadi. Suvaraklar aktrisaga jirkanish hissini emas, balki haqiqiy qo‘rquv hissini beradi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Nikol Kidman kapalaklardan qo‘rqadi. U bu jonzotlarning uzoqdan go‘zal, yaqindan qaraganda esa haqiqiy yirtqich hayvonlarga o‘xshab ketishini aytgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “O‘rgimchak odam” rolini mahorat bilan ijro etgan, millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan aktyor Tobi Maguayr o‘rgimchaklardan o‘lgudek qo‘rqadi. U hayotining ko‘p vaqtini psixoanalitik qo‘rquv bilan o‘tkazgani haqida gapirgan. Tobi Maguayrning rafiqasi Jennifer Meyerda ham xuddi shunday fobiya borligi ma’lum qilingan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kristian Styuart va Robert Pattinson gippofobiyadan aziyat chekadi – ular otlardan, Rianna esa har xil shakl va o‘lchamdagi baliqlardan qo‘rqadi. Xonanda yoshligida dengiz va okeandan ko‘ra hovuzni yaxshi ko‘rgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Salma Xayek yaqinida ilonni ko‘rsa vahimaga tushadi, xonanda Adel esa baliqchi qushdan qo‘rqadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Telefon qo‘ng‘iroqlaridan qo‘rqish

    Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har ikkinchi odam qo‘ng‘iroq qilishni va qo‘ng‘iroqqa javob berishni yomon ko‘radi. Bu voqea sodir bo‘lmoqda, chunki atrofdagi raqamli makon bizning odatiy hayotimizni asta-sekin egallab olmoqda. Xonanda bunday fobiyaga atab Telephone qo‘shig‘ini ijro etgan. Ledi Gaga kichik bolalardan ham qo‘rqadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Masxarabozlardan qo‘rqish

    Aksariyat bolalarni masxarabozlar bilan qo‘rqitishadi, ayrimlar bu qo‘rquvni katta bo‘lganida ham yengib ololmaydi. Jonni Depp bu fobiyadan aziyat chekadi, u yorqin bo‘yangan insonlardan ham qo‘rqadi. Aktyorning fikricha, u niqob ostida xavfli qorong‘ilikni his qiladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Qizil yo‘lakchadan qo‘rqish

    Penelopa Kruz qizil yo‘lakdan o‘tishdan qo‘rqadi. U chiroqlar qarshisida o‘tirganida o‘zi bilan kurashishini eslash ham qo‘rqinchli. Ko‘p yillar davomida fobiyaga duch kelmasangiz bu boshqa narsa, biroq kasbi davomida bunday holatga tez-tez duch kelish ham mumkin. Penelopa Kruz bu fobiyani yengishning yaxshi usulini topdi — u qizil yo‘lakchada hamrohlari bilan ko‘rinish beradi. Penelopa Kruz bu holatda o‘zini xotirjam his etadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Qog‘ozdan qo‘rqish

    Megan Foksning fobiyasi ham juda g‘alati. Aktrisa biror joyini qog‘oz kesishidan qo‘rqadi, shuning uchun u hech qachon ssenariylarga qo‘l tekkizmaydi. Ssenariylar unga pochta yoki xat orqali yuboriladi. Aktrisaning bu fobiyasi haqida bilgan ishlab chiqaruvchilar unga xatlarni laminatlangan sahifalar bilan yuboradi yoki yaqin atrofdagi insonlar ularni yulduzga ovoz chiqarib o‘qib beradi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Suvga sho‘ng‘ishdan qo‘rqish

    Jennifer Eniston suvga sho‘ng‘ish bilan bog‘liq fobiyadan aziyat chekadi. Aktrisa bolaligida uch g‘ildirakli velosipedda hovlidagi basseyn atrofida aylanib yurgan paytda tasodifan velosiped bilan birga suvga tushib ketgan. Jenniferning akasi uni qutqargan va o‘shandan beri aktrisa suvga sho‘ng‘ishdan qo‘rqadi. Shuningdek Jennifer samolyotda uchishdan qo‘rqadi va samolyot qo‘nayotgan vaqtda stress holatiga tushadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Eshik tutqichlaridan qo‘rqish

    Kameron Dias eshik tutqichlariga tegishni rad etadi: ular yulduzni shunchalik qo‘rqitadiki, aktrisa tutqichlarni umuman ushlamaydi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: aktrisa qanday yashaydi? Ma’lum bo‘lishicha, Dias unga barcha eshiklarni ochib beruvchi maxsus xizmatkor yollagan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mavzuga doir:

    • Ko‘ngilsiz hodisalar tufayli jiddiy jarohat olgan jahonga mashhur insonlar (foto). 
    • Xarobadan chiqqan millioner: bolaligi qashshoqlikda o‘tgan mashhurlar (foto)
    • Yangi filmlarda odatiy ampulasidan tubdan farq qiladigan obrazlarni gavdalantirgan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Jahon prokatida katta daromad olgan filmlarning kichik gonorar to‘langan mashhur aktyorlari (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ijaraga olingan ayrim yer uchastkalarini qayta ijaraga berish mumkin bo‘ladi

    Bugun, 13:46

    Qurilish materiallari sanoatida xorijning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

    Bugun, 13:31
    Reklama

    Katta gonorar taklif qilinishiga qaramay, mashhur filmlarda rol ijro etishni xohlamagan Gollivud yulduzlari (foto)

    Bugun, 13:40

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:10

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Xitoy Taypeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:07

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugun, 12:34

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    Bugun, 12:19

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?