Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kelayotgan hafta boshidan O‘zbekistonda kunlar asta-sekin soviy boshlaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahatov.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Uning ma’lum qilishicha, yangi hafta boshida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi va ko‘plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi 25 darajaga ko‘tariladi.

“O‘zgidromet”ga ko‘ra, 26-sentabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Prognozlarda 25-sentabr kuni shimolda harorat maksimumi 37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.

“Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi hisob”, — deydi mutaxassis.

Uning qayd etishicha, tog‘lar, ayrim tog‘oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.

Sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda