Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezidentning “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabrdan:

  • kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million so‘mdan 4,5 million so‘mgacha) oshiriladi;
  • olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o‘rtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;
  • “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;
  • xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrgacha ozod etiladi.
  • Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.
Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat