Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida bir kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Millar” informatsion dasturida xabar qilindi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Unda aytilishicha, M-39 Toshkent—Termiz yo‘lining Paxtakor tumanidan o‘tgan qismida besh kishi bo‘lgan Cobalt yo‘l chetida turgan traktor tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda mashinada bo‘lgan yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va yana uch nafar yo‘lovchi turli tan jarohati bilan Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorlardan bir og‘ir holatga bo‘lgani sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, ushbu YTH haydovchining yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagani, hushyorlikni yo‘qotgani oqibatida yuz bergan. Yo‘lovchilarning barchasi maktabni bitirmagan o‘smir yigitlar bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Paxtakor IIB tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda 122 ta yangi universitet va institut ochilgan. 2016-yilgacha ularning soni 77 ta edi
Dunyo
Pokistondagi masjidda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, 25 kishi halok bo‘ldi (video)