Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkentning Shayxontohur tumanida IIO xodimlari ayol kishini uyidan majburiy olib chiqib, mashinada olib ketgani haqida xabar va holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 10-avgust kuni N.B. va Z.A. Shayxontohur tumani Janggoh mavzesida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro N.B. chaqirilgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimining IIBga ko‘rsatilgan muddatda kelish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan. Biroq N.B. bir necha marotaba sud tomonidan chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, sababsiz sud majlisiga kelmagani sababli uni majburiy keltirish qarori chiqarilgan.

9-sentabr kuni fuqaro N.B. IIO xodimlari tomonidan majburiy tartibda sudga olib ketilayotgani holati videoda aks etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan fuqarolar N.B. va Z.A.ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Xodimlarning harakati yuzasidan esa prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi