Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan “Kundalik.com mojarosi. Soqqabazm avjida” nomli murojaat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari nazoratida. O‘rganish yakuni bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Barcha ota-onalar va pedagog xodimlar diqqatiga! “Kundalik.com” ota-onalar va maktab hamkorligini mustahkamlash maqsadida joriy qilingan ta’lim resursi sanaladi.

“Kundalik.com” majburiymi? “Kundalik.com” tizimiga obuna bo‘lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi!

Tizimga a’zo bo‘lish narxi qancha? “Kundalik.com” loyihasi to‘liq investitsiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, dasturiy mahsulotni yaratish, uni maktablarga joriy etish, saqlash va rivojlantirish uchun budjet mablag‘lari sarflanmaydi. 2020-yilda uning yillik obuna narxi (365 kun) 9200 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 8600 so‘mni, 2022-yilda 8000 so‘mni tashkil etmoqda, — deyiladi munosabatda.

Murojaat Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 38-sonli maktabdan yo‘llangan bo‘lib, matni quyida tahrirlangan holda havola etiladi.
Bizning maktabimiz endi “Kundalik.com”ga o‘tkazilmoqda. Shunga o‘quvchi va o‘qituvchilarning ro‘yxatini shakllantirib kiritish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ish aslida kimning majburiyatiga kiradi? Menimcha, “zauch”ning ishi, lekin u ishini eplolmayapti, shekilli, qayerdandir bir kompyuterchi olib kelib, har bir o‘qituvchi uchun 10 ming so‘mdan yig‘iladi, demoqda.

Yanayam qizig‘i, sinfi borlar, ya’ni sinf rahbarlari har bir o‘quvchi uchun 5 ming so‘mdan — xohla, yoningdan to‘la, xohla, o‘quvchilardan yig‘ib ol, emish, — deyiladi murojaatda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?