London fond birjasi bugun, 8-sentabr kuni savdoni to‘xtatdi. Bu qirolicha Yelizaveta II ning o‘limi munosabati bilan sodir bo‘ldi.
Biz qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. Qirollik oilasiga hamdardlik bildiramiz, — deyiladi fond birja saytida.
Britaniyaning FTSE 100 indeksidagi savdolar 0,34 foizlik o‘sish bilan yakunlandi.
Yelizaveta II bugun, 8-sentabr kuni Balmoraldagi Shotlandiya qarorgohida 96 yoshida vafot etdi.
Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilinadi. Britaniyaning barcha sobiq mustamlakalarida ham xuddi shunday tartib amal qiladi.
O‘lim sababi aytilmagan. Bugun ertalab qirolichaning sog‘lig‘i yomonlashgani, shundan so‘ng u doimiy shifokorlar nazoratiga olingani haqida xabar berilgan edi.
Yelizaveta II hukmronligi mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan hukmronlik davri bo‘ldi. U 1952-yil fevralda taxtga o‘tirgan edi. Uning hukmronligi davrida mamlakatda 15 ta bosh vazir almashtirildi.
Izoh (0)