Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gucci modalar uyi Aria kolleksiyasidan inson yuragi ko‘rinishidagi Broadway sumkasini namoyish qildi. Og‘irligi 430 gramm bo‘lgan aksessuar emal qatlam va toshlar bilan qoplangan. Aksessuar uch xil rangda taqdim etildi. Moda uyi veb-saytida aksessuarning qiymati 7 ming yevroga baholangan.

Foto: Gucci official

Foto: Gucci official
Sumka romantizmning yorqin ramzi sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, olinadigan zanjirli tasma sumkaning modeli universal bo‘lishini ta’minlaydi va uni turli usullarda taqish mumkin.

Qo‘l sumkasining uchta: oltin, kumush va pushtirangdagi variantlari namoyish etildi. Sumkaning ichkari qismida joylashgan kichik bo‘lma kengligi 10 sm, balandligi 16 sm va chuqurligi 8 smni tashkil qiladi.

Foto: Gucci official

Foto: Gucci official

Avvalroq Gucci Belarusning Wanna kompaniyasi bilan hamkorlikda krossovkalar va soatlarni raqamli jihozlashning 3D modellarini yaratish uchun kengaytirilgan, reallikda foydalanishga ixtisoslashgan o‘zining birinchi virtual krossovkalarini chiqargan edi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi