Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup har xil turdagi manzarali daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida daraxtlarni noqonuniy kesilishi bo‘yicha 7-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligida tezkor ishchi guruhi tuzilib, joyiga chiqib atroflicha o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra ushbu hudud Dream House Stroy mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qurilish uchun ajratilgan mazkur hudud jami 0,20 gektar yer maydonidan iborat bo‘lib, 2022-yilning 20-yanvarida davlat ekologiya inspektorlari tomonidan hududdagi daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, hududda jami 58 tup har xil turdagi manzarali daraxtlar borligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Mazkur hujjat bilan Dream House Stroy tashkilotiga daraxtlarni kesmaslik va daraxtlarni saqlab qolish yuzasidan qonunchilikka belgilangan tartibda ogohlantirish berilgan. Shuningdek korxona vakillari tomonidan daraxtlarga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oshirmaslik yuzasidan 20-yanvarda kafolat xati taqdim etilgan.

2022-yilning 17-fevralida ushbu jamiyat yagona darcha xizmati markazi orqali hududdagi daraxtlarni kesish yuzasidan ariza bilan murojaat etgan. Toshkent shahar Ekologiya boshqarma tomonidan ariza atroflicha o‘rganilib, daraxtlarnig kesilishiga rad javobi berilgan.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Maxsus ishchi guruh tomonidan 7-sentabr kuni tunda olib borilgan o‘rganish ishlari jarayonida Dream House Stroy’ga tegishli yer maydonidagi jami 58 tup har xil turdagi manzarali va mevali daraxtlar ildiz qismlari bilan birgalikda yo‘q qilingani aniqlangan.

Daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganligi natijasida o‘simlik dunyosiga jami 797 million 700 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi talablari buzilib, Davlat ekologiya inspektorlarining qonuniy talablarini bajarmagani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-6-moddasi, Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-moddasiga asosan javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi