Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan. Unda “N.M.” va “T.N.” xususiy korxonalarini norasmiy boshqarib kelgan U.B. va boshqalar hududiy tijorat banki mutasaddilari bilan o‘zaro til biriktirib, E.M. MCHJga tegishli binolar yerto‘lasining har birini bozor bahosi 1,5 milliard va 1,9 milliard so‘mni tashkil etishi haqida soxta baholash xulosalarini tayyorlagani aniqlangan. Ular bank filialidan ajratilgan jami 2 milliard so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)