Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ertaklarda qurbaqalar shahzodaga aylanadi, lekin real hayotda buning aksi bo‘ladi: ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Charlz ham hayvonot olamida nomini qoldirgan. Shunday mashhurlar borki, ularning nomlari asteroidlar, avtomobillar, chivinlar va o‘rgimchaklarga berilgan. Ba’zan ixtirolarning nomlari aynan shu narsani ixtiro qilgan yoki kashf etgan insonlar nomi bilan ataladi. AdMe nashri shu kabi mashhurlar nomiga qo‘yilgan narsalar haqida ma’lumot berdi.

Shahzoda Charlz sharafiga nomlangan qurbaqa

Bu kichkina daraxt qurbaqasi (Prince Charles stream tree frog) Ekvadorda yashaydi va uning yo‘qolib ketish xavfi bor. Qurbaqa 2012-yilda tabiatni muhofaza qilishga hissa qo‘shgan Uels shahzodasi nomi bilan atalgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kardigan Kardigan grafi nomi bilan atalgan 

V-bo‘yinli tugmachali ko‘ylak XIX asrda yashagan Britaniya armiyasi general-mayori Jeyms Brudenellning 7 chi Kardigan grafi sharafiga nomlangan. Taxminlarga ko‘ra, Brudenell paltosining dumlari tasodifan kaminda yonib ketganini payqab, kardiganni ixtiro qilgan. Koko Shanel esa ayollar orasida kardiganlarni ommalashtirish bilan shug‘ullangan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yong‘oq nomi kimyogar Jon Makadamni sharafiga qo‘yilgan

Shirin, qalin qobiqli yong‘oq navi birinchi marta 1858- yilda, Avstraliyada botanik Ferdinand fon Myuller tomonidan ma’lum qilingan. Avvaliga yong‘oqqa boshqacha — “maruchi”, “gavayi yong‘og‘i”, “jindilli” va boshqa nomlar berildi. Biroq keyinchalik, unga Myullerning do‘sti, taniqli kimyogar Jon Makadam sharafiga “makadamiya” nomi berildi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Fizioterapevt Jozef Pilates nomi bilan atalgan mashqlar to‘plami

Pilates fitnes turi XX asr boshlarida nemis sportchisi Jozef Pilates tomonidan ixtiro qilingan. U sekin bajarish uchun ishlab chiqqan jismoniy mashqlar to‘plami moslashuvchanlikni va mushaklar kuchini rivojlantirishga qaratilgan edi. Garchi usul muallifining o‘zi ularni nazorat qilish deb atagan bo‘lsa-da, keyinchalik mashqlarga “Pilates” nomi berildi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Odri Xepbernning qahramoni nomi bilan atalgan dekolte

Yosh dizayner Yuber Jivanshi 1953-yilda o‘zining atelyesini endigina ochgan payt, unga “miss Xepbern” tashrif buyurishi haqida xabar berilganda hayratda qoladi. Jivenshi bu yulduzni o‘sha paytdagi mashhur aktrisa Ketrin Xepbern deb o‘ylagan va uchrashuvni intiqlik bilan kutgan. Ammo uning o‘rniga dizaynerga notanish bo‘lgan Odri ismli ozg‘in qiz keladi: aktrisa o‘sha payt endigina “Rim ta’tillari”da rol o‘ynagan va hali mashhurlikka erishmagan edi. Ammo aktrisa aksincha, Jivenshining ishini yaxshi bilardi va yangi “Sabrina” filmini suratga olish uchun uning liboslarini kiyishni xohlagan. Dizayner ularni tikishga ulgurmaganini va Odri o‘z ustaxonasida mavjud bo‘lgan tayyor kiyimlardan tanlaganini aytgan. Filmdan so‘ng, bu liboslar mashhur bo‘lib, liboslardan biridagi kvadrat dekoltesi moda tarixiga “Sabrina dekoltesi” sifatida kirdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mashina Nikola Tesla sharafiga nomlangan

Nikola Tesla o‘z hayotini elektr energiyasini o‘rganishga bag‘ishlagan va ixtirolari uchun 300 ga yaqin patent olgan. Yana bir novator Ilon Mask o‘zining mashhur elektromobilini va uning ishlab chiqarilishi uchun shu nomdagi kompaniyani serb-amerikalik taniqli olim sharafiga nomladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Anjelina Joli sharafiga nomlangan o‘rgimchak

Aptostichus angelinajolieae tungi o‘rgimchagi Kaliforniyada (AQSh) yashaydi, olimlar tomonidan 2008-yilda aniqlangan va BMTda ishlagan paytidagi xizmatlarini e’tirof etilgani sabab Anjelina Joli nomi bilan atalgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Asteroid Elvis Presli nomiga qo‘yilgan

Rok-n-roll qirolining nomi 1999-yilda noodatiy tarzda abadiylashtirildi. Yangi asteroidni kashf etgan havaskor astronom Jon Broughton unga 17059 Elvis deb nom berdi. Bu holat taniqli xonandaning albomlaridan birining nomi “Boshqa sayyoradan kelgan shahzoda” nomini bilan atalgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Avril Lavigne nomi bilan atalgan pitssa

Kanadalik xonanda Avril Lavigne Ontario provinsiyasidagi kichik shaharchada tug‘ilgan. Mahalliy pitsseriya egalari uni o‘smirlik paytidan bilgan: xonanda dunyoga mashhur bo‘lishidan ancha oldin u yerga tez-tez borgan. Keyinchalik, u o‘zi yashagan joydan o‘tayotganda, muassasaga kiradi, uning ko‘plab avtograflari bilan fotosuratlari buni tasdiqlaydi. Pitsseriyaning menyusida “Avril Lavigne maxsus pitssasi” bor va bu joy sayyohlar orasida juda mashhur.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ledi Gaga sharafiga paporotnik

Xonandaning sharafiga yaqinda kashf etilgan paporotniklarning butun bir turi — Gaga deb nomlandi. Ushbu g‘oyani yaratgan biolog Ketlin Prayerning aytishicha, bu o‘simliklar sporalar yordamida ko‘payadi, undan erkak, urg‘ochi va boshqa namunalar o‘sishi mumkin. “Biz bu jinsga Ledi Gaga nomini berishni xohladik, chunki u tenglik va individual ifodani qattiq himoya qilgan”, — deydi biolog.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

 Beyonse nomiga atalgan chivin

Olimlar tomonidan 2011-yilda ma’lum qilingan Avstraliya chivini o‘zining nafis ko‘rinishi bilan bir guruh olimlarga pop-diva Beyonseni eslatgan. Qorin qismining uchi, oltin tuklar bilan qoplanganligi sababli, ular hasharotni “pashshalar orasida barcha davrlarning divasi” deb atashga sabab bo‘ladi va xonanda sharafiga unga Scaptia beyonceae nomini berishgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jonni Depp nomiga qo‘yilgan qadimgi hasharot

Olim Devid Legg 505 million yil avval yashagan to‘rt sm uzunlikdagi, uchli tirnoqli hasharotni topgach, darhol xuddi shu nomdagi filmdagi qaychi qo‘lli Edvard haqida o‘yladi. Bundan tashqari, Devid Jonni Deppning muxlisi, shuning uchun u qadimgi mavjudotning nomi haqida uzoq o‘ylamagan. Olim unga aktyor sharafiga Kootenichela deppi nomini berdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jastin Timberleyk sharafiga qo‘yilgan qovun

Isroillik dehqonlar 2014-yilda Jastin Timberleykning tashrifidan shu qadar hayratda qolganki, ular qovun naviga xonandaning nomini bergan. “Jastin qovuni” shirin ta’mga ega va uni uch hafta davomida saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Endryu Garfild nomiga qo‘yilgan o‘rgimchak

Endryu Garfild o‘zining qahramoni O‘rgimchak odam fe’l-atvoridagi super kuchlarga ega bo‘lmasligi mumkin, biroq aktyor tabiatda ham nomiga ega. Biologlar aktyorga Eronda topilgan Prita Garfild nomli kichik o‘rgimchak nomini bergan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi