Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston yetakchisiga Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirdi hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Ikki mamlakat prezidentlari O‘zbekiston–Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi