Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Lokomotiv” klubi va jamoa sardori Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani iddao qilingan xabar kelib tushdi, deya yozadi “Championat.asia” nashri.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Futbol sohasidagi barcha tashkilot va shaxslarning pochtasiga bir xat kelib tushgan.

O‘zini bukmekerlik kompaniyasi inspektori deb tanishtirgan shaxs “Lokomotiv” klubi futbolchilarining kelishilgan o‘yinlarda qatnashganini iddao qilgan. Ushbu xatda “Lokomotiv” futbolchisi Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani borasidagi dalillar qo‘shimcha qilingan. Xatda quyidagilar yozilgan:

“Men Osiyodagi bukmekerlik kompaniyasining rasmiy o‘yinlar inspektoriman. Kompaniyamiz tekshiruvlaridan so‘ng, o‘zbek futbolidagi eng katta muammoni aniqladim (“Lokomotiv” klubi kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan). Bu 100% aniq ma’lumot.

Biz ushbu holat bo‘yicha barcha dalillarni olamiz. Marhamat tekshiring:

1. 10-avgust, 2022-yil. ‘OKMK’—‘Lokomotiv’ uchrashuvi.

2. 17-iyun, 2022-yil. ‘Lokomotiv’—‘So‘g‘diyona’ uchrashuvi.

3. Pul tikilayotgan vaziyat suratlari.

4. O‘yinchining pul tikayotgan videosi.

5. Barcha qatnashuvchilarning video yozuvlari.

100% muammo “Lokomotiv” klubida. O‘yinchilar va o‘rtakashlardan olingan so‘rovlar natijasida har bir klubdan beshtadan o‘yinchi kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani ma’lum bo‘ladi. Biz so‘nggi tekshiruvlardan so‘ng ushbu holatdagi barcha tranzaksion yozuvlar, guruhdagi yozuvlar, suratlar, o‘yinchilar qancha miqdorda pul tikkanlari haqidagi ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan tashqari o‘sha kelishilgan o‘yinlar payti yuz bergan g‘ayritabiiy pul tikishlarni ham aniqladik. G‘ayritabiiy pul tikishlar aniqlanganda bukmekerlik kompaniyalari ushbu o‘yinni bloklaydi va pul tikayotganlarni jiddiy ogohlantiradi.

Biz bundanda ko‘proq dalillarni FIFA uchun to‘playmiz. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati, amaldorlar, jurnalistlar, politsiya, o‘yinchilar, klub prezidentlari va murabbiylarni ushbu holatni o‘rganishga chaqirib qolamiz. Bizning kompaniya bu holatni butun dunyoga namoyish qiladi. Biz O‘zbekiston hukumatiga ham bu xatni jo‘natamiz”, deyiladi xatda.

Shu bilan birga, xat muallifi haqiqatan ham kelishilgan o‘yin bo‘lganini isbotlovchi bir necha suratlarni dalil sifatida jo‘natgan:

1-surat. Ushbu skrinshotda Kaxi Maxaradzeni ikki kishi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlashayotganini ko‘rishingiz mumkin:

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

2-surat. Suratda “Lokomotiv”—“So‘g‘diyona” o‘yiniga pul tikish jarayoni. (pastda)

A: Juda iflos.

A:  Jin ursin.

B: ??

B: Ishlaymizmi? Yo‘qmi?

B: Do‘stim.

B: Agar ishlasak ishlaymiz de, aks holda gapni cho‘zma.

B: Men yigitlarga signal berishim kerak.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

3-surat. Yuqoridagi suhbatning davomi (pastda)

A: Kutib tur, men pul tikyapman.

B: ??? Ishlaymizmi?

A: Ha, ishlaymiz.

B: Ok.

A: Signalimni kut.

B: Ha sms orqali signal ber.

B: Do‘stim, tezroq bo‘laqol. Hozir u erda tanaffus bo‘ladi. Men unga sms yuborishim kerak, u bu smsni ko‘radi va ishga kirishadi.

A: Ok.

B: Ishlaymiz-a?

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

4-surat. Bu suratda TONI, Kakhi- va E K nomli qahramonlarning o‘z guruhlaridagi suhbati aks etgan.

Kakhi: Ovozli xabar.

E K: Do‘stim, ular sakkiz daqiqadan so‘ng ishlashni boshladi. Hozir barcha o‘yinchilar jazavaga tushgan va sardor Kaxidan pul so‘ramoqda. Shu bilan birga ular butun mavsum ishlamoqchi. Sababi, klubda pul bor.

TONI: Do‘stim, bu yerdagi o‘yinchilar mendan pul so‘ramoqda. Ularga nima deb javob beray?

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Shuningdek, jurnalist Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev ham ushbu vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan:

“Bu yerda butun bir to‘da ishlagan. 19 kishi. Toni Ye. Kga JENIA, ya’ni Jenya deb murojaat qilyapti. Jenya bu Yevgeniyning qisqartirmasi.

Demak, Yevgeniy K … Odatda rus familiyalari OV yoki YeV bilan tugaydi. Bu Yevgeniy K…EV yoki Yevgeniy K…OV. DXX, IIB aynan shu nuqtalar kimligini, Kaxa orqali ikki daqiqada aniqlab oladi, deb o‘ylayman. Bular to‘liq mavsum ishlamoqchi bo‘lgan ekan. Endi tushundim, noyabrda endi 19 yoshni qarshi oladigan Ali Abdurahmon “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yinda jamoasiga penalti ishlab berib, ketidan “Metallurg”ga gol urganidan keyin ko‘p o‘tmay yigirmatalik qaydnomaga ham kiritilmay qo‘ygandi. Aftidan u to‘daning rejalarini bilmay buzib qo‘ya boshlagan va uni osongina ro‘yxatdan chiqarib qo‘ya qolishgan.

“Stavkalar” hali aniqlanmagan, Kaxa O‘zbekistondagi eng zo‘r legionerlardan biri edi. Agar aybdor bo‘lsa albatta javob berishi kerak.

O‘zbek futbolini har qanday iflosgarchilikdan tozalaydigan payt keldi. Totalizator-u, kelishilgan o‘yinlarni tashkil qiladigan murabbiy va hakamlarni ham. Yo bugun, yo hech qachon!”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)