So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Agrobank” “Daryo” nashrini sudga berdi. Bankirlar tahririyatni noxolislikda ayblamoqda

    30.08.2022, 00:03 44500

    “Agrobank” ATB “Daryo” internet nashri va jurnalist Otabek Qo‘ldoshevni sudga berdi. Bankirlar sayt va sayt jurnalistini noxolislikda, mavzuga biryoqlama yondashishda ayblamoqda.

    Gap shundaki, “Daryo” internet nashrida 2022-yilning fevral oyida “Qashqadaryolik tadbirkor banklardan yarim milliarddan ortiq mablag‘ini ololmagach, aholiga tarqatilgan chorva mollarini tortib olmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Maqolada Nishon tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor Gulmurod Berdiyevning muammosi tilga olingandi.

    Tahririyatga murojaat qilgan nishonlik tadbirkor Gulmurod Berdiyev Nishon tumanidagi xonadonlarga yetkazib berilgan chorva mollari uchun 650 million so‘m mablag‘ini ololmay sarson bo‘layotganini, shu sabab aholiga tarqatilgan chorvalarini qaytarib olishga majburligini, bu esa aholi noroziligiga sabab bo‘layotganini bildirgandi.

    “Bank pulimni bermagach, odamlarga bergan molimni qaytarib olib bo‘lsa-da, xarajatlarimni qoplashim kerak-ku. Men ham xarajatlarimga kuyib qolmasligim lozim. Mening ham oilam, ishchilarim bor”, — degandi tadbirkor “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Sayt jurnalisti bilan suhbatlashgan tadbirkor “Agrobank” va “Mikrokreditbank”ning Nishon tumani filiallari kafolat xatlari evaziga 20 dan ortiq xonadonga 650 million so‘mlik naslli chorva mol yetkazib berganini, ammo oradan bir yil muddat o‘tsa-da, pulini ololmaganini aytgandi.

    Tadbirkorning harakatiga e’tiroz bildirgan Normat Boboqulov kredit evaziga olgan mollariga yem-xashak berib boqayotganini, qilingan xarajatlariga kuyib qolmaslik uchun chorva mollarini qaytarish niyati yo‘qligini aytgandi. Yana bir fuqaro Dilmurod Bekmirzayev esa “2021-yilning aprel oyida 20 million so‘m mablag‘ evaziga ikki bosh ho‘kiz sotib olgandim. Men bu mollarni semirtirib, ancha boqdim. Yemishi uchun ko‘p mablag‘ sarf qildim. Nega endi semirtirib, tayyor bo‘lgan molimni birovga topshirishim kerak? Biz davlat siyosatiga ishonib, arzon va kam foizli chorva kreditidan olgandik. Endi esa bunaqa tomosha bo‘lyapti. Buni nazoratga oluvchi mas’ullar bormi?”, degandi.

    Yana bir fuqaro Nasiba Ismatova esa sotib olgan sigiri buzoq tug‘ganini, mollari ko‘paygach, uni tortib olishga harakat qilishayotganini adolatsizlik deb bilishini aytgandi.

    2021-yilning 15-dekabr kuni “Agrobank”ning Nishon tumani filialidan chorva kredit olgan Sobir Abdullayev davlat siyosatiga ishonganini va davlat yaratib bergan imkoniyatdan foydalanganini, biroq rahbarlar xalq ishonchini suiiste’mol qilganligi bois qiyin vaziyatga tushib qolganini, ammo mollarini qaytarib bermasligini bildirgandi.

    Mazkur masala yuzasidan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan bank mas’ullari muammo tez orada yechimini topishini aytgan bo‘lsa-da, oradan uch-to‘rt oydan ortiq muddat o‘tishiga qaramasdan “ana hal qilinadi, mana hal qilinadi”, degani, biroq masala yechimsiz qolayotgani ta’kidlangan.

    “Daryo” jurnalisti va ATB “Agrobank” matbuot xizmati vakilining mazkur masala yuzasidan yozishmasi.

    “Daryo” jurnalisti va ATB “Agrobank” matbuot xizmati vakilining mazkur masala yuzasidan yozishmasi.
    Skrinshot: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti va ATB “Agrobank” matbuot xizmati vakilining mazkur masala yuzasidan yozishmasi.

    “Daryo” jurnalisti va ATB “Agrobank” matbuot xizmati vakilining mazkur masala yuzasidan yozishmasi.
    Skrinshot: “Daryo”

    Shuningdek, bank rahbariyatidagilar bunday vaziyatga tushgan fuqarolar bankka murojaat qilishi kerakligini, qachonki, bank rahbariyatiga murojaat qilib, kredit shartlari bajarilishi so‘ralsa, muammo yechim topilishini aytgandi.

    Mazkur maqola e’lon qilingach, “Agrobank” mas’ullari holatga rasmiy munosabat bildirib, “Daryo.uz rasmiy saytida nashr etilgan xabar jurnalist tomonidan to‘liq o‘rganilmasdan e’lon qilingan bo‘lib, holatga aniqlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga ishchi guruh jo‘natildi. Natijasi qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi”, dedi.

    Shundan so‘ng bank rahbariyati tomonidan “Daryo”ga e’tiroznoma yuborilib, unda maqola muallifi maqolada tadbirkor va kredit evaziga chorva mollari xarid qilgan fuqarolar fikri bilan cheklangani, bank mas’ullaridan ma’lumot olmagani iddao qilingan. Va tahririyat tomonidan raddiya berilishi kerakligi uqtirilgan.

    Skrinshot: “Daryo”

    Vaholanki maqola so‘ngida jurnalistning bank mas’ullari bilan mazkur masala yuzasidan bog‘langani, mas’ullar tadbirkor muammosi “bugun hal etiladi, ertaga hal etiladi”dan nariga o‘tmagani yozilgan.

    Skrinshot: “Daryo”

    “Daryo” tahririyati “Agrobank” e’tiroznomasiga javob qaytarib, tahririyat tomonidan raddiya berilishi uchun maqolada aynan bankning ishchanlik faoliyatiga putur yetkazgan, moliya bozoridagi huquq va manfaatlarining buzilishiga olib kelgan, noxolis yondashilgan qismini ko‘rsatib berish so‘raldi. Shundagina tahririyat tomonidan raddiya berilishi ma’lum qilindi. Biroq bank rahbariyati mazkur maqola bankning ishchanlik faoliyatiga putur yetkazgan, moliya bozoridagi huquq va manfaatlarining buzilishiga olib keldi degan umumiy gaplar va qonunlardan misol keltirishdan nariga o‘tmadi. Shu sabab tahririyat raddiya berishni lozim topmadi.

    Skrinshot: “Daryo”

    Tahririyat jurnalisti bilan suhbatlashgan tadbirkorning aytishicha, bank tahririyatga jurnalist yolg‘on ma’lumot berdi deya iddao qilish barobarida mazkur maqola e’lon qilingach, “‘Daryo’ni yopishimiz kerak”, deya, kredit olgan fuqarolarning chorva mollari uchun kredit pullarini ham to‘lab bergan. Bu haqda tahririyatda ma’lumotlar mavjud.

    ATB “Agrobank”ning mazkur da’vo arizasi 2022-yilning 30-avgust kuni soat 10:30 da fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida  ko‘rib chiqiladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?