Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Butun dunyo yadroviy quroldan abadiy voz kechishi kerak, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni (29-avgust) munosabati bilan Twitter’da yozgan postida.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Bizning dunyomiz ancha vaqtdan beri yadro quroli garovida qolmoqda. Bu o‘lim qurilmalari na g‘alabani, na xavfsizlikni kafolatlaydi, ular faqat yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Sinovlar abadiy to‘xtatilishini ta’minlaylik va yadro qurolini tarix arxivida qoldiraylik”, — deb yozadi u.

Ma’lumot uchun yadro qurollari BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari, jumladan Rossiya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoy, shuningdek, Hindiston, Isroil, Shimoliy Koreya va Pokistonda mavjud.

Yadro quroli sinovlarini to‘xtatish mexanizmi Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomada mustahkamlangan. 1996-yil 10-sentabrda uni 185 ta davlat imzolagan, biroq faqat 170 tasi hujjatni ratifikatsiya qilgan. Uni imzolashdan bosh tortganlar orasida AQSH, Xitoy va Isroil bor.

Bundan tashqari, yadro qurolining aylanishi 1970-yil 5-martdagi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlarga uni ishlab chiqarish yoki chetdan olib kirish taqiqlanadi. Yadroviy salohiyatga ega davlatlar esa boshqa davlatlarga uni ishlab chiqarish yoki sotib olishga yordam bermaslik, bunga undamaslik majburiyatini zimmasiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov