Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ispaniya qirolligining sayyohlarbop provinsiyalaridan biri Valensiyada XIV asrdan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Marvlar va nasroniylar” festivalining navbatdagi mavzusi ilk marta O‘zbekiston turizmi va madaniy merosiga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov mazkur festivalda O‘zbekistonga alohida urg‘u berilishi prezident tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasi ekanligini ta’kidlagan.

“Guvohi bo‘layotganingizdek, so‘nggi yillarda prezidentimiz tomonidan turizm va madaniy meros sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi kunda dunyoning ko‘plab yirik festivallarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, yurtimiz dovrug‘ini oshirmoqda.

Festivalni tashkil etish uchun 10 ming nafar faol havaskorlar hamda butun dunyodan tomoshabin sifatida 100 ming nafarga yaqin havaskorlar tashrif buyuradi.

Ayni paytda Ispaniya tomoni tadbir ishtirokchilari uchun milliy, tarixiy kiyimlar tikish bo‘yicha o‘zbek hunarmand, dizaynerlariga buyurtmalar (600 dona kiyim kechak, 2000 ta do‘ppi va Amir Temur roli uchun alohida) bergan holda tayyorgarlik ishlariga 400 ming yevro mablag‘ sarflangan. Ya’ni tadbir davomida tashkil qilingan ko‘rgazmalar respublikamiz hunarmandlarining mahsulotlarini eksport miqdorini oshirish va ularning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

Bu yilgi tadbir davomida 100 mingdan ortiq mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar ishtirok etib, ularga O‘zbekiston madaniyati va turistik salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.

Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan mazkur festavalda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirok etishidan asosiy maqsad bu kabi ommaviy festivallar orqali xorijiy fuqarolarda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni orttirish hamda ommaviy festivallarni o‘tkazish bo‘yicha Ispaniya tajribasini yaqindan o‘rganib, O‘zbekistonda tadbiq etish hisoblanadi”, — degan vazir.

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, tadbirda munosib ishtirok etish hamda O‘zbekiston turizm salohiyatini Ispaniyada keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘zbek folklor jamoasi, hunarmandlar va OAV vakillaridan iborat delegatsiya ayni damda Valensiyada bo‘lib turibdi.

Festivalga ispaniyalik tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilar uchun milliy, tarixiy kiyimlarni tikish bo‘yicha o‘zbek dizaynerlariga buyurtmalar (600 dona kiyim kechak, 2000 ta do‘ppi va Amir Temur roli uchun alohida buyurtma) berilgan.

“Men O‘zbekistonda bir necha marotaba bo‘lganman. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar xotiramda abadiy qolgan. Yurtingizga qilgan sayohatimdan ilhomlanib, bu festivalda aynan Amir Temur obrazini tanladim. Bilasizmi, Ispaniyada Amir Temur bilan bog‘liq yaxshi xotiralar voqeliklar ko‘p. Ikki tomonlama aloqalarimiz o‘sha davrlarda o‘rnatilgan. Elchi Rui Gonsalez de Klavixo ham Samarqand haqida o‘z kundaligida yozib qoldirgan. Men buyuk shaxs obrazini gavdalantirayotganimdan faxrlanaman”, — degan festivalda Amir Temur obrazida namoyon bo‘lgan Alberto Klimer.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar