Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida o‘z otasini o‘ldirgan 25 yoshli yigit 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, ota spirtli ichimliklar ichishga mukkasidan ketgan bo‘lib, mast holda o‘z xotinini muntazam ravishda kaltaklab kelgan.
Jinoyat sodir bo‘lgan 16-may kuni ham ota mast holda uyga kelib onasining birinchi guruh nogironi sifatida oladigan nafaqa pullarini berishni, unga aroq sotib olishini aytgan. Ayol pul yo‘qligini aytganida er uni do‘pposlab ketgan.
Bunga guvoh bo‘lgan yigit chidab turolmagan va otasini yerga yiqitib, ko‘krak qismiga bir necha bor tepgan. Uning egnida bo‘lgan sport kiyimi bog‘ichini olib, bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)