Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hozirda 76 yoshda bo‘lgan Gollivud yulduzi Silvestr Stallone 25 yildan beri birga yashaydigan rafiqasi Jennifer Flavin bilan ajrashmoqda. Aktyor Instagram’dagi sahifasida rafiqasining portretini to‘sib qo‘ygan yangi tatuirovkasini e’lon qildi. Tatuirovka ustiga aktyor “Rokki” filmida uning iti bo‘lgan bulmastif Butkusning tumshug‘i suratini chizdirgan. Stallonening rafiqasi bu holatni e’tiborsiz qoldirmadi va aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tark etdi.

Stallone nima uchun yangi tatuirovka qildirdi?

Aktyor rafiqasining portretini sevimli iti Butkus tasviri bilan qoplagan. Daily Mail nashri Stallone va Flavin o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganini, shu sababdan aktyor rafiqasining suratini yelkasidan olib tashlashga qaror qilganini taxmin qilmoqda. Ushbu mulohazaning tasdig‘i sifatida qayd etilgan ma’lumot shuki, Flavin haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqlarda aktyorga obunasini bekor qilgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Biroq aktyorning piar menejeri Stallonening turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yomonlashganini rad etdi. “Stallone rafiqasi Jenniferning tatuirovkasini yangilamoqchi edi, ammo natijalar qoniqarsiz bo‘ldi va afsuski, uni tuzatib bo‘lmadi. Natijada u asl tasvirni sevimli itining tatuirovkasi bilan yopishga majbur bo‘ldi”, — deb tushuntirdi aktyorning vakili.

Aktyorning rafiqasi bilan munosabatlari yomonlashganmi?

Yuqorida aytib o‘tilganidek, aktyorning rafiqasi bu imo-ishorani qadrlamadi va ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan obunasini bekor qildi. Hozir 54 yoshda bo‘lgan Flavin aktyorning bu ishiga uch qizini quchoqlab o‘tirgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali munosabat bildirdi.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

U surat ostiga quyidagicha: “Bu qizlar — hayotim mazmunlari. Boshqa hech narsa muhim emas. To‘rttalamiz — abadiy birgamiz”, — deb izoh qoldirgan.

Biroq Stallonening vakili ularning ajrashishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi: “Janob Stallone o‘z oilasini yaxshi ko‘radi. U hozirda turmush o‘rtog‘i bilan Paramount’da realiti-shouni birga suratga olmoqda”, — dedi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi