Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Real” hujumchisi Karim Benzema UEFA talqini bo‘yicha Yevropaning 2021/22-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa ushbu sovringa ega chiqqan “Real” futbolchilari soni uch nafarga yetdi. Benzemadan avval Krishtianu Ronaldu (2014, 2016, 2017-yillar) va Luka Modrich (2018) Yevropada tengsiz deb topilgandi.

Hali hech qaysi jamoaning turli uch futbolchisi bu sovrinni qo‘lga kiritmagandi. “Barselona” (Leo Messi, Andres Inyesta) va “Bavariya”ning (Frank Riberi, Robert Levandovski) ikki nafardan o‘yinchisi bu nomga loyiq ko‘rilgan.

Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisiga topshiriladigan mazkur sovrin 2011-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Ronaldu uni qo‘lga kiritish bo‘yicha (uch marta) rekordchi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi