Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Unda Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bunga qadar Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Orinbayev kuni kecha Jo‘qorg‘i kengesning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozonib, deputat sifatida ro‘yxatga olingandi.

Avvalroq, Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish haqidagi murojaati ko‘rib chiqilgan hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Ma’lumot uchun, Murat Kamalov ushbu lavozimida 2020-yilning oktyabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi