Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Unda davlat rahbari shuncha sa’y-harakatlarga, Qoraqalpog‘istonga ajratilayotgan katta-katta mablag‘larga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.
“Chunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar xalqni rozi qilish degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan”, – dedi prezident.
Bugungi kunda ham aholi o‘rtasida ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.
Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topmasdan yotgani ko‘rsatib o‘tildi.
“Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga halol xizmat qilish o‘rniga farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘larni samarasiz sarflash, yaratib berilgan imkoniyatlarni ishga solmaslik, el-yurt uchun jonini berib ishlamaslik holatlariga yo‘l qo‘yib kelmoqda”, – dedi prezident.
Izoh (0)