Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Payshanba, 25-avgust kuni ertalab Yevropada gazning spot narxi o‘zining faol o‘sishini davom ettirdi. 

ICE Futures birjasida eng yaqin (sentabr) TTF fyucherslari narxi ming kub metr uchun 3 236 dollarga yetdi.

Avgust oyi boshidan buyon TTFning o‘rtacha narxi 2 318 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, iyul oyida gazning ming kub metri o‘rtacha 1764 dollardan sotilgan.

Yevropada gazning tarixiy maksimal narxi 2022-yil 7-martda qayd etilgan, o‘shanda aprel fyucherslari uchun 3 898 dollar berilgan edi.

Yevropaga gaz quvurining asosiy yetkazib beruvchilari imkoniyatlari texnik jihatdan cheklangan: Norvegiyada konlarda profilaktika ishlari davom etmoqda, texnik xizmat ko‘rsatish jadvali buzilganligi va nosozliklar tufayli “Shimoliy oqim” gaz quvurining yetkazib berish qobiliyati pasaygan.

Yil boshidan beri osiyolik xaridorlar yevropaliklarga bepul hajmlardan voz kechib, gaz xaridlarini tezroq amalga oshirmaslikka harakat qildi. 

Biroq qish yaqinlashar ekan, ularning oldida o‘z gaz zaxiralarini shakllantirish vazifasi turibdi.

Avvalroq “Gazprom” yetkazib berishni qisqartirgani sabab Yevropaga gaz yetmayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi