Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudida o‘rtadagi kelishmovchilik oqibatida akasi bilan janjallashib, unga chopqi bilan jarohat yetkazgan ukaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Baliqchi tumanida yashovchi M.SH. tanishi bilan uyi oldida spirtli ichimlik iste’mol qilmoqchi bo‘lib turgan paytda akasi X.M.ni ko‘rib qolib, undan spirtli ichimlik sotib olish uchun pul so‘ragan. Shunda aka ularga pul bermasdan “aroqni erkaklar ichadi, senlar erkak emassan”, deb do‘konga kirib ketgan.

Oradan ancha vaqt o‘tgach SH.M. uyiga kirganida hovlida akasi ham mast holda uyida baqir-chaqir qilayotganini eshitib, uni tinchlantirish va haqorat qilgani uchun qasd olish maqsadida ayvonga o‘tib, akasi bilan o‘zaro gap talashgan. Kelib chiqqan janjal natijasida SH.M. ayvon betonida turgan chopqi bilan akasining hayot uchun muhim a’zosi bo‘lgan bosh va qo‘l qismlariga bir necha marotaba urgan. Biroq kelinoyisi va boshqalarning qarshilik ko‘rsatishi ortidan jinoyatini davom ettira olmagan.

“Ukam do‘stining oldida nima sababdan haqorat qilganimni so‘radi. Shunda unga nima ishi borligini, ichishni erkaklarga chiqarganligini, uyiga ketishi mumkinligini aytdim. Keyin men bilan tortishayotgani uchun bir musht urdim. Shu tariqa urush boshlandi. Undan keyin nima bo‘lganini aniq eslay olmayman. O‘zimga kelganimda boshimdan qon oqayotganini, turli joylarimdan jiddiy jarohat olganimni ko‘rdim. Barcha ko‘ngilsizliklar mastlik oqibatida bo‘ldi. Shu sababli ukamga nisbatan hech qanday da’voyim yo‘q”, — dedi aka.

Ishni ko‘rib chiqqan sudya Furqat Sobirov ukani Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) hamda 105-moddasi 2-qismining “v”, “m” bandlari (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topgan. Unga nisbatan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun besh yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi