Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotik moddalar savdosi toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng ortdi, deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktori Vladimir Tarabrin. Unga ko‘ra, 2022-yilning birinchi choragida Tojikistonda 14,5 barobar ko‘p afg‘on narkotiklari musodara qilingan. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Life.ru”

Foto: “Life.ru”
2022-yil 3-aprelda yangi hokimiyat  ko‘knori yetishtirish va barcha turdagi giyohvand moddalarni ishlab chiqarish savdosi taqiqlanganligini e’lon qildi. Biroq aprel oyining ikkinchi yarmida mamlakat janubida ko‘knori yig‘ish hamda tashish uchun to‘siqlar bo‘lmadi. Shu bilan birga, “shimoliy yo‘nalish” bo‘ylab giyohvand moddalar savdosining sezilarli o‘sishi qayd etilgan”, — dedi janob Tarabrin.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) vakilining ta’kidlashicha, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda mamlakatda afyun ekvivalentidagi 6,8 ming tonnaga yaqin giyohvand moddalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, undan olingan daromad Afg‘oniston yalpi ichki mahsulotining 14 foizini tashkil qilgan.

Vladimir Tarabrinning fikricha, G‘arb davlatlari Afg‘onistonning moliyaviy aktivlarini to‘sib qo‘ygan sharoitda ko‘knori yetishtirish va giyohvand moddalar ishlab chiqarish afg‘on aholisi uchun deyarli yagona daromad manbai bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, qurg‘oqchilik va urug‘lik hamda o‘g‘it yetishmasligi fonida ularni qonuniy ekinlar bilan almashtirish istiqbollari deyarli ko‘rinmaydi.

Avvalroq, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ham “Tolibon” hokimiyatda bo‘lgan yil davomida narkotik moddalar ishlab chiqarishni kamaytira olmaganini aytgan edi.

Mavzuga doir: Kobulda ayollar “Non, ish, erkinlik” shiori ostida norozilik namoyishi o‘tkazdi (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi