Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyatining Bo‘ka va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarida yo‘l ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Bo‘ka tumani yo‘llardan foydalanish” UK mas’ul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yo‘llarni ta’mirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 266,8 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingani aniqlangan.

Shuningdek, Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Kitob tumani yo‘llardan foydalanish” UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar ushlangan. Ular tuman hududida amalga oshirilgan yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan bo‘lsa-da, 176,4 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...