Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi joriy yilda boshlanadi va yangi model tez orada sotuvga chiqariladi. “Autostrada.uz” nashri Chevrolet Onix haqida batafsil ma’lumot berdi.

Foto: UzAuto Motors

Foto: UzAuto Motors

Chevrolet Onix’ga bir necha yillardan beri qiziqish kuchayib bormoqda. UzAuto Motors 2022-yil oxirigacha Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Asakadagi zavodda avtomobillarning birinchi partiyasi yig‘ilib bo‘lingan.

Onix Chevrolet Tracker bilan bir platformada qurilgan va shunga o‘xshash dvigatel, dizayn va interyer elementlarini oladi.

Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker bitta platformada quriladi — ikkala avtomobil ham shassi, uzatmalar qutisi va dvigatel dizaynida umumiy komponentlarga ega. Chevrolet Onix ichki qismi esa Chevrolet Tracker bilan birlashtirilgan.

Avtomobilning eng birinchi pozitsiyasi 1,0 litrli turbo dvigatel va 86 ot kuchiga ega atmosfera dvigateli bilan jihozlanadi.

Onix dvigateli Trackerga o‘rnatiladigan 1,2 litrli turbo dvigatel bilan birlashtiriladimi yoki yo‘qmi hozircha ma’lum emas.

Avtomobilda LED faralar, old va orqa to‘xtash datchiklari, shuningdek, kruiz nazorati, sensorli ekranli multimedia tizimi va orqani ko‘rish kamerasi bo‘ladi.

Chevrolet Onix Premier variantlari

Avtomobil bir nechta pozitsiyalarda sotiladi. Uning yuqori versiyasi zamonaviy qulaylik va xavfsizlikning ko‘p variantlariga ega bo‘ladi.

Bular orasida 116 ot kuchiga ega turbo zaryadlangan dvigatel ham bor. Bu orqali Onix 11 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqa olishi mumkin.

Malibu’ning 2021-yilda ishlab chiqarilgan varianti 100 km/soat tezlikka 9,5 sekundda erisha oladi.

Yana bir yanglik, Onix’da 6 ta havo yostig‘i bo‘lishidir.

Onix qachon sotuvga chiqariladi?

Chevrolet Onix’ni mijozlarga yetkazib berish 2023-yilda boshlanadi, biroq avtomobil uchun shartnomani avvalroq tuzish mumkin bo‘ladi.

Chevrolet Onix narxi

2021-yil mart oyida UzAuto Motors kompaniyasining o‘sha paytdagi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov Chevrolet Onix narxi 9 ming dollardan 12 ming dollargacha bo‘lishini aytgan edi.

Biroq, yuqori pozitsiyadagi Tracker’ga qaraganda boy jihozlarga ega Onix to‘plami bu summadan qimmatroq bo‘lishini aniq ko‘rsatib turibdi.

Meksikada eng qimmat Chevrolet Onix — Premiyer 19 700 dollar, Onix LT versiyasi esa 18 900 dollar, eng arzon Onix LS 16 400 dollar.

Chevrolet Onix texnik xususiyatlari, o‘lchamlari va yoqilg‘i sarfi

Cobalt yoki Lacetti bilan solishtirganda g‘ildirak bazasi o‘zgarmagan (2600 mm), lekin tashqaridan mashina boshqacharoq ko‘rinadi.

Onix’ning xususiyatlari:

  • Uzunligi: 4 474 mm;
  • G‘ildirak bazasi: 2600 mm;
  • Kengligi: 1730 mm;
  • Balandligi: 1471 mm;
  • Dvigatel quvvati: 86 (1,2 l) ot kuchi va 116 (1,0 l) ot kuchi;
  • 100 km/soat tezlikka erishish — 13,2 sek/10,9 sek;
  • Og‘irligi 1,197 kg.

Onix nafaqat Cobalt, balki Chevrolet Lacetti’ni ham o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.

Biroq avtomobillar bir xil sinfda taqdim etilgan va deyarli bir xil o‘lchamlarga va dinamik xususiyatlarga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi