Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

MIBning Samarqand viloyati boshqarmasi va uning quyi bo‘limlari tomonidan 2022-yilning o‘tgan olti oyi davomida qariyb 3,5 trillion so‘mlik 327 ming 714 ta ijro hujjati yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilgan. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Mehroj Nasrullayev bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, ijro ishlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 1,2 trillion so‘mlik 217 ming 166 ta ish davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari hisoblanadi.

“O‘tgan olti oy davomida byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan jami 1,8 milliard so‘mlik 121 ming 720 ta ijro hujjati bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 72 ming 562 ta ijro ishlari bo‘yicha amalda 1 trillion so‘m mablag‘lar undirilgan. Olti oyda mulkiy undiruvlarga oid ijro ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida davlat foydasiga 391,2 milliard so‘m, yuridik shaxslar foydasiga 463,5 milliard so‘m, jismoniy shaxslarga foydasiga (alimentdan tashqari) 177,2 milliard so‘m mablag‘lar undirildi”, — deydi Mehroj Nasrullayev.

Majburiy ijro tadbirlari jarayonida davlat foydasiga undirilgan 391,2 milliard so‘m mablag‘larning 335,2 milliard so‘mini soliq  undiruvlari, 1,5 milliard so‘mini jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, 22,6 milliard so‘mini jinoiy va ma’muriy jarimalar, 16,4 milliard so‘mini davlat bojlari, 15,5 milliard so‘mini qonunda ko‘zda tutilgan boshqa turdagi majburiy undiruvlar tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi