Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tashkent INDEX tayyor tijorat va ishlab chiqarish hududidagi maydonlarga bir nechta qulay muddatli to‘lov shartlarini taklif etadi.

Tashkent INDEX o‘z muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini qulay joylashuvda boshlamoqchi bo‘lganlarning asosiy savollariga javob beradi.

Bo‘lib to‘lashning necha xil turi mavjud?

Hozirgi vaqtda Tashkent INDEX’da muddatli to‘lovning ikki turdagi ko‘rinishi mavjud.

Tayyor ishlab chiqarish va tijorat maydonlariga bo‘lib to‘lash shartlari:

• boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;

• muddatli to‘lov — 36 oy.

Markaziy yo‘lda joylashgan C1 va D1 bloklaridagi maydonlar uchun maxsus bo‘lib to‘lash shartlari:

• boshlang‘ich to‘lov — 20 foiz;

• muddatli to‘lov — 2023-yilning mart oyiga qadar.

Tashkent INDEX majmuasida qaysi turdagi maydonlar mavjud?

Quyidagi yo‘nalishdagi maydonlar tashkil etilgan:

• 511 kvadrat metrdan 1283 kvadrat metrgacha bo‘lgan ishlab chiqarish maydonlari;

• Kichik biznes va tadbirkorlik uchun 17 kvadrat metrdan 84 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonlar;

• Umumiy ovqatlanish maydonlari 11 kvadrat metrdan 138 kvadrat metrgacha.

Joylar qaysi holatda xaridorga topshiriladi?

Ishlab chiqarish binolari barcha kommunikatsiyalar – gaz, suv va elektr ta’minotiga ulanadi. Har bir maydon oldiga yuk mashinalari uchun qulay kirish yo‘llari tashkil etiladi. Shu tariqa logistika markazini qurish rejalashtirilgan.

Kichik biznes uchun maydonlar do‘konlarning 2-qavatida joylashgan. Bu yerda siz kichik ishlab chiqarish, ofis, omborxona, atelye, mijozlarga xizmat ko‘rsatish punkti va boshqalarni tashkil qilishingiz mumkin. Barcha joylar tayyor holda ya’ni ta’mirlangan, isitish va sovitish tizimlari bilan birgalikda topshiriladi.

Tashkent INDEX tadbirkorlari boshqaruv kompaniyasining xizmatlaridan ham foydalanishlari mumkin. Ushbu jamoa xizmati 24 soatlik xavfsizlik, majmua hududini tozalash, atrofni obodonlashtirishni o‘z ichiga oladi.

Tashkent INDEX qayerda joylashgan?

Tashkent INDEX majmuasi Yangihayot tumani, Sofdil ko‘chasida joylashgan. Sergeli ko‘chasining Shota Rustaveli va Cho‘ponota bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘li ochilishi munosabati bilan Tashkent INDEX’ga borish yanada oson va tez bo‘ldi. Toshkent shahar markazidan majmuagacha bo‘lgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi.

Mijozlarning yuqori oqimi Tashkent INDEX’da o‘tkaziladigan muntazam tadbirlar va yarmarkalar orqali ta’minlanadi.

Bo‘lib to‘lash sharti asosida xarid qilish mumkin bo‘lgan maydonlar soni cheklangan. Tijorat ko‘chmas mulkiga foydali sarmoya kiritish imkoniyatidan foydalanishga shoshiling!

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+998 55) 900 99 99.

Savdo ofisi haftaning har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Savdo ofis manzili: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari kesishmasi.

Mo‘ljal: Sergeli Yarmarkasi.

Sayt: tashindex.mimar.uz

Telegram: t.me/mimargroupuz

Facebook: mimaruzbekistan

Instagram: mimargroup.uz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi