Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 1—14-avgust kunlari bozorlarda qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu davr mobaynida bozorda quyidagi mahsulotlar arzonlagan: 

  • piyoz 350 so‘mga; 
  • sarimsoq piyoz 1 000 so‘mga; 
  • bulg‘or qalampiri 2 ming so‘mga; 
  • uzum 9 ming so‘mga.

Shu bilan birga:

  • banan 2 500 so‘mga; 
  • apelsin 1 500 so‘mga; 
  • qovun 6 500 so‘mga qimmatlagan.

Joriy yil 1–14-avgust kunlari umumiy qiymati 48,6 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 mln dollar ko‘p) jami 62,9 ming tonna (17 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Mazkur davrda:

  • 15,4 ming tonna uzum; 
  • 9,5 ming tonna qovun; 
  • 6,6 ming tonna olxo‘ri; 
  • 4,4 ming tonna loviya; 
  • 3,4 ming tonna anjir; 
  • 2,4 ming tonna tarvuz; 
  • 1,4 ming tonna quritilgan meva; 
  • 1,3 ming tonna sabzi; 
  • 1,1 ming tonna mayiz; 
  • ming tonna shaftoli tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,5 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 4,8 ming tonna (2,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 2 ming tonna banan, 0,8 ming tonna kartoshka va 135 tonna limon import qilingan.

“Qo‘yliq” bozoriga avgust boshidan beri hududlardan jami 13,6 ming tonna, xususan, 5,1 ming tonna kartoshka, 6,4 ming tonna piyoz, 480 tonna karam va 1,7 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Bundan tashqari bozorga Qozog‘istondan 22 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga avgust boshidan beri jami 161,9 tonna, shu jumladan 140,4 tonna mol go‘shti va 21,5 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi