Yevropada gaz narxi mart oyidan buyon ming kub metr uchun 2 400 dollardan oshdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kun boshidan buyon gaz narxining umumiy o‘sishi 11,5 foizni tashkil etdi.
Niderlandiyadagi TTF markazida sentabr fyucherslari narxi ming kub metr uchun 2 412 dollarga yoki MVt/soat uchun 228,8 yevroga ko‘tarildi.
Avvalroq Yevropada kechki savdo paytida gaz narxi keskin ko‘tarilib, ming kub metr uchun deyarli 2 350 dollarga yetgan edi.
“Gazprom” 2022-yilning yanvar—iyul oylarida MDHdan tashqari davlatlarga gaz eksportini 34,7 foizga ya’ni 75,3 mlrd kub metrgacha qisqartirganini ma’lum qildi.
27-iyuldan boshlab “Shimoliy oqim” gaz quvuridan bir nechta gaz turbinalari to‘xtatilishi munosabati bilan yetkazib berish atigi 20 foiz bo‘lmoqda.
Izoh (0)