• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor o‘g‘li: “Sud qarorisiz ‘snos’ga yo‘l qo‘yilmasligiga erishsak, bizning oila kabi jabrdiydalar bo‘lmaydi”

    O‘zbekiston Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar loyihasi ommaviy muhokamaga qo‘yilganidan xabaringiz bor. Bu haqda hatto Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bot-bot gapirgan. Aynan “snos” masalasiga to‘xtalgan prezident “Xalqimiz orasida ‘snos’ degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor. Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim. Ya’ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart. Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitutsiyada qat’iy belgilanishi darkor”, degandi.

    “Daryo” muxbiri Konstitutsiyaga “snos” masalasida kiritilayotgan o‘zgarish bo‘yicha undan jabr ko‘rgan va o‘sha holat bir umr xotirasida muhrlangan yakkabog‘liklar bilan suhbatlashdi.

    Sharofiddin Daminov.

    Sharofiddin Daminov.
    Foto: “Daryo”

    “Qani endi shu o‘zgarish 2019-yilning iyul oyidan avval bo‘lgani-da, shaxsan men, otam va onam — oilamiz ‘snos’ degan balodan jabrlanmagan bo‘lardik. O‘sha mudhish voqea — dadamning achchiq ustida hokim o‘rinbosari ustiga benzin sepib, yoqib yuborish voqeasi yuz bermasdi. Bizga o‘xshagan minglab insonlarning uy-joyi, savdo do‘koni buzilmas edi. Millionlar zarar ko‘rmas edi”, — deydi Yakkabog‘ tumani hokimining sobiq o‘rinbosari ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomovning o‘g‘li Sharofiddin Daminov.

    Sharofiddin Daminov 2019-yilning iyul oyidagi “snos” bir umr xotirasida muhrlanganini aytmoqda.

    “O‘sha yoz va o‘sha kun bir umr xotiramda muhrlanib qolgan. O‘sha voqea sabab dadam javobgarlikka tortildi. Xonadonimiz, oila a’zolarim jabr ko‘rdi. Xullas, snos degan balo sabab boshimizga ko‘p jabr-u sitamlar yog‘ildi. To‘g‘ri, o‘tib ketdi, ammo bir umr yodimizda qoldi”, — deydi Sharofiddin Daminov.

    Suhbatdosh “snos” voqealarini e’tiborga olib, aynan shu masala faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi tarafdori bo‘layotgan tashabbuskorlarga rahmat aytmoqda.

    “Bu tashabbus aynan xalqning, menga o‘xshagan jabrdiydalarning dardi. Buni inobatga olgan tashabbuskorlar va shuni qo‘llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Shu o‘zgarish amaliyotga tatbiq etilib, men va menga o‘xshaganlar snos sabab jabrdiyda bo‘lib qolmaylik”, — deydi Sharofiddin Daminov.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli binoni ekskavator ruliga o‘tirib, o‘zi buzmoqchi bo‘lganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan edi.

    Mavzuga doir: 

    • “Konstitutsiyada uy-joy daxlsizligini mustahkamlash ‘snos’lar bilan bog‘liq xatolar qaytarilmasligini ta’minlaydi” — deputat Umid Jabborov
    • Shavkat Mirziyoyev: “Sud qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak”
    • “Hokimiyat bizni sudma sud sarson qilmoqda”. Samarqandda yana “snos” mojarosi

    16.08.2022, 17:31   Izoh (0)   15439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu odamlarda tibbiy madaniyat yetarli darajada emasligining belgisi”. Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi internetda tarqalgan qo‘qonlik tabib bo‘yicha munosabat

    16.08.2022, 17:25

    Toshkentda obodonlashtirish xodimi Spark urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

    16.08.2022, 17:20

    O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning qarori va harakati ustidan sudga shikoyat qilish muddati olti oyga uzaytiriladi

    16.08.2022, 17:15

    O‘zbekiston 7 oyda qancha meva va sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

    16.08.2022, 16:54

    Shahrisabzda maktab tomi qulab tushdi

    16.08.2022, 16:41

    Bekobodda ko‘chmas mulk obyektlari 1-noyabrga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

    16.08.2022, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suvaysh kanalida neft kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 2 iyul, 16:10

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.