Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatida xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq o‘zaro aloqalar va sermahsul almashinuvlar yuqori sur’atda davom etayotgani qayd etilgan.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy masalalarga to‘xtalib, avgust oyining boshida Toshkent shahrida O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilganidan mamnun ekanini ta’kidlagan. Ushbu formatdagi amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zbekiston rahbari shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan va o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etayotgan beshinchi Islom birdamligi o‘yinlari yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?