• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Imkoniyatim cheklanganiga qaramay hech kimdan ortda qolishni istamayman”. Gul yasab, yaxshi daromad topayotgan andijonlik Feruza hikoyasi

    Hasta bo‘lib qolsak oh uramiz, noliymiz. Shunda qanchalar irodasiz ekanimiz namoyon bo‘ladi. Oramizda shunday insonlar borki, ular dunyoga kelishi bilan turli sabablarga ko‘ra, jismoniy nuqson orttirib olgan. Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi Feruza Imommuhammedova ham taqdir hukmi bilan bolalikdagi kasallik asoratlari tufayli imkoniyati cheklanib qolganlardan biri. Shunday bo‘lsa-da, hech qachon ortga chekinmaydigan Feruza gul yasashni o‘rganib, kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. “Daryo” muxbiri to‘quvchi qiz va uning bobo-buvisi bilan suhbat qurdi.

    Oilada to‘ng‘ich farzandman. Avval bog‘chada tarbiya ko‘rganman, keyin esa mahallamizdagi maktabda tahsil oldim. Maktabni tamomlagach, tumandagi iqtisodiyot kollejida o‘qidim. Bolalikdan rassomchilik va turli gullarni yasashga qiziqishim baribir ustun kelib, shu hunarni tanlaganman.

    Bu hunarga maktabda o‘qib yurgan paytlarim, ya’ni 12 yoshimda qiziqa boshlaganman. Toshkentdagi Muruvvat uyida o‘qiganimda shunaqa narsalar yaratishardi. Ularni ko‘rib qiziqardim, o‘rganardim. Shunday narsalarni yasasa bo‘larkan-ku deganman. Kollejni bitirgach, shogirdlikka tushganman. Bir-ikki yil davomida o‘rganadiganlarimni ikki oyda o‘rganib, mustaqil ish boshlaganman. Uch yildan beri shu yo‘nalishda faoliyat yuritib kelyapman. Ozmi ko‘pmi o‘zim o‘rgangan hunarni boshqalarga ham o‘rgatyapman. Imtiyozli kredit olganman. Ushbu mablag‘ni ishimni rivojlantirishga sarfladim.

    Bitta gulni yasash uchun bir soat vaqtim ketadi. Uning narxi 15-16 ming so‘m turadi. Odatda bog‘cha va maktablardan 10-15 tagacha shunday gullarni yasashga buyurtma berishadi. Gul yasash uchun kerak bo‘lgan materiallarni o‘zim bozordan olib kelaman. Tayyor bo‘lgach, buyurtmalarni o‘z egasiga topshiraman. Kuniga o‘rtacha 250-300 minggacha pul topishim mumkin”, — deydi Feruzaxon.

    Feruza Imommuhammedova.

    Feruza Imommuhammedova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Feruzaxonning aytishicha, bu yil u Andijon davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan. Ayni paytda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    Ko‘proq bobom va buvimning bag‘rida bo‘lganim uchun ularning nasihatlarini tinglab katta bo‘lganman. Ular menga o‘rtoqlarim bilan yaxshi muomalada bo‘lishni, joylarda o‘zimni yaxshi tutishni o‘rgatishgan, shunday tarbiya berishgan.

    Maktab paytida ingliz tili, rus tili, tarix, tasviriy san’at va mehnat darslariga qiziqardim. Qiynalsam ham o‘qigim kelardi. Imkoniyatim cheklanganiga qaramasdan o‘rtoqlarimdan ortda qolib ketmay, deb ko‘proq o‘qiganman. Ming qiynalsam ham hayotda bir maqsad bilan yashashga harakat qilardim, intilardim. Bundan tashqari rassomchilik san’atiga ham qiziqaman, buyurtma asosida chiroyli suratlar chizib beraman. Oilada katta farzand bo‘lganim uchun uy ishlariga ham qarashib turaman. Singillarim universitetda o‘qiydi.

    Bu yil Andijon davlat universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarimni topshirdim, talaba bo‘lish niyatidaman. Ayni paytda imtihonlardan o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘ryapman.

    Tengdoshlarimga hayotda o‘z o‘rnini topishlari, yaxshi yashashlari uchun ko‘p o‘qishi va oldiga qo‘ygan maqsadi sari intilishlarini tavsiya qilaman. Chunki o‘qib ilm olgan inson hech qachon hayotda qoqilmaydi, kam bo‘lmaydi. Maqsadi sari olg‘a intilgan kishi, albatta, maqsadiga yetadi”, — deydi qahramonimiz.

    Imommuhammad Muhammadtursunov.

    Imommuhammad Muhammadtursunov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Feruzaxonning bobosi Imommuhammad aka Muhammadtursunovning aytishicha, o‘zi tarbiyalangan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga gullar yasashni o‘rgatishni boshlaganida uni ko‘rganlar “oylik bermasa ham kelib ishlab yuribdida” deb ustidan kulishgan.

    Alloh o‘zi suygan bandalarini yo xursandchilik, yo qiyinchilik bilan siylar ekan. Feruzaxon bizning Allohdan yaxshi niyatlar ila so‘ragan eng katta nabiramiz. Ammo u kasalmand bo‘lib tug‘ildi. Bolaligida juda ko‘p kasal bo‘lgan. Navbati bilan hali men, hali buvisi yoki ota-onasi shifoxonalarda davolatardik.

    Shahar hokimi bo‘lib ishlayotgan paytlarimda ham shu nabiram uchun vaqt topib, Toshkentgacha olib borib doktorlarga ko‘rsatardim. Shundan so‘ng uning ahvoli yaxshilanib bordi. Ammo butunlay sog‘ayib ketmadi. Shunday bo‘lsa ham u bugun ancha-muncha sog‘ odam qilolmaydigan ishlarni qiladi. To‘g‘risi undagi shijoatni boshqasida ko‘rmaganman.

    Feruzaxonning qilgan ishlarini ko‘rganlar unga havas qilishadi. Tengdoshlaridek sog‘lom bo‘lmasa-da, xalqimizga foydasi tegayotganidan o‘zim ham xursand bo‘laman. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi, deganlaridek nabiramizni ‘invalid bola’ deyishganini ham eshitib qolardim. Lekin Allohim uning aql zakovatini ulardanda ziyoda qildi.

    Kichkinaligida bir ishni boshladimi oxirigacha tugatmaguncha tinchimasdi, hozir ham shunday. U bir nechta joyda ishlaydi. Ayniqsa, o‘zi tarbiyalangan maktabgacha ta’lim muassasasida dastlab bolalarga gullar yasashni o‘rgatayotganini ko‘rganlar ‘oylik bermasa ham kelib ishlab yuribdida’, deb uni ustidan kulishdi. Nabiramiz bu gaplarga e’tibor bermadi. U o‘z aql zakovatiga tayangan holatda ustidan kuluvchilarning ko‘zi yetmagan ishlarni amalga oshirmoqda. Sekin sekin uning ortidan ergashuvchilar paydo bo‘la boshladi. Yosh qizlar shogird bo‘lib kirdi. Bundan yanada kuch-quvvat olib o‘zi ham yangi narsalarni o‘rganishga va o‘rganganlarini shogirdlariga ham o‘rgatishga urinmoqda. Bog‘chada yosh qizaloqlarda ham o‘zining hunariga qiziqish uyg‘ota oldi.

    Har bir qizni voyaga yetishi bilan ota-onasi uni yaxshi joylarga uzatishni orzu qiladi. Biz qizimizning salomatligiga qarab bu orzumiz amalga oshmaydi, deb o‘ylagandik. Ammo hozirdanoq qizimizni so‘rab kelayotganlar ko‘p. Feruzaxon hozircha boshlagan ishlarini yakunlab olishi uchun sharoit yaratib beryapmiz. Bir paytlar biz uchun armondek tuyulgan orzular yana kurtak yoza boshladi”,— deydi Feruzaxonning bobosi Imommuhammad Muhammadtursunov.

    Davlatxon aya.

    Davlatxon aya.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Uning bolaligida kasal bo‘lishiga o‘zimizni sababchi deb bilaman. Shifokorlarga ko‘rsatsak ham yaxshi bo‘lmaydi, deb o‘ylagandik. Yo‘q, mana umri bor ekan sog‘lom odamlar qatorida chiroyli yashayapti. Gullar yasashni unga birov o‘rgatgan emas. U bunday ishlarga yoshligidan qiziqardi. Gohida bir qo‘lida bazo‘r gul yasayotganini ko‘rib meni yuragim ezilib ketardi, qiynalardim. ‘Oldimda yasama bu gullaringni’, deb yig‘lab tashqariga chiqib ketardim. U bo‘lsa o‘zi yasagan bir-biridan chiroyli gullarni olib kelib uylarni bezatib qo‘yardi. Uzoq yaqindan kelgan qarindoshlarimiz ham ko‘rib havas qiladi. Ularga ham sovg‘a qilib gullaridan beradi.

    Unga birov mana bu ishni qil deb aytmagan, qiziqish o‘zida paydo bo‘lgan. Feruza yasagan gullarning xaridori ham ko‘p. Buyurtma uchun tayyorlagan gullarining pulini olib shahardan o‘ziga kerakli mahsulotlarni olib keladi. Bu hunarini qo‘shni qizlarga, bolalar bog‘chasidagi qizaloqlarga ham o‘rgatadi. Biz uchun u doim sog‘lom insonlar qatorida yursa, o‘zini erkin his qilsa, shuni o‘zi kifoya”, — deydi buvisi Davlatxon aya.

    Mavzuga doir: 

    • “G‘ururim birovning qo‘liga qarab o‘tirishga yo‘l qo‘ymasdi”. 27 yoshida bir oyog‘idan ayrilgan, biroq mehnat va harakatdan to‘xtamagan andijonlik kosib hikoyasi
    • “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    15.08.2022, 19:43   Izoh (0)   10516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha navbatdagi tekshiruvini boshladi

    15.08.2022, 19:27

    Qashqadaryoda “Chordangitepa” arxeologik yodgorligining bir qismi buzilib, uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi

    15.08.2022, 19:25

    Samarqandda “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

    15.08.2022, 19:24

    O‘zbekiston xalqaro armiya o‘yinlarining “Elbrus halqasi” musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

    15.08.2022, 19:20

    Farg‘onadagi “janjallar uyasiga aylanib qolgan tillo bozori” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

    15.08.2022, 19:16

    O‘zbekistonda Amir Temur haqida animatsion film yaratiladi

    15.08.2022, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.