• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Unga nisbatan nohaqlik qildim”. Aziz Rametov san’atdagi yaqin do‘sti Shohruxxonni ranjitgani hamda kinolarda ko‘rinmay qolgani sababi haqida (video)

    Aktyor, rejissor Aziz Rametov “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida san’atni tark etgan hamkasblariga munosabati, nima sababdan kinolarda ko‘rinmay qolgani, Shohruxxonning uyida yetti yil Yangi yil bayramini kutgani, xonandani ranjitgani, hayotda nimadan qo‘rqishi haqida gapirdi.

    Aziz Rametov san’atni tark etgan hamkasblari haqida

    “Ruhiy holatiga to‘g‘ri kelgan ishni ular afzal bilishdi. Ammo biz bu kemaga chiqdikmi, dengizda birga suzyapmiz. Mening ham kinodan ketish niyatim yo‘q emas. Shu gapni o‘zimga aytganimda kino xuddi menga sen hali kinoga kirdingmi degandek bo‘ldi.

    Xayolan kino bilan suhbat quraman. Kino, men sendan ketaman deganimda, sen o‘zi kinoga kirdingmi, Aziz nima qilding o‘zi degan sado keldi. Xo‘p, u hozirgi kundagi vayn edi, kino emas. Bugun bor, ertaga yo‘q. Kinoaktyorlar oxirgi nafasigacha kino olamida o‘zini to‘g‘ri yo‘nalishda olib ketadi.

    To‘g‘ri yo‘nalish deganimda hamma o‘ziga kerakli narsani tushunadi. Shuning uchun ham katta kino olamiga kirganlar keta olmaydi. Katta kino deganimni tomoshabinlarning o‘zi tushunadi. Katta kino olami bu hayot, qaysi obrazda ko‘rinsang ham sen aktyor bo‘lib qolasan.

    Bugun boshingga ‘kepka’ kiyib chiqsang ham, ertaga belingga belbog‘ bog‘lab chiqsang ham aktyorsan, ochig‘ini aytganda sen oratorsan, bastakorsan, hofizsan. Shuning uchun bu katta maydonda men ketdim degan so‘zni ishlatish noo‘rin”, — deydi aktyor.

    Foto: Instagram / @azizrametov_official

    Foto: Instagram / @azizrametov_official

    Aktyor nima sababdan kinolarda ko‘rinish bermayapti?

    “Bu vaqt davomida ko‘proq kinolarga e’tibor berdim, sababi kinoda bir yarim soatda tushuntiradigan gapimizni bir yarim daqiqada tushuntirish mumkin ekan. Ustozlarimizdan bu narsani eshitdik, o‘rgandik, ularga rahmat deyman. Shuning uchun mening gapim shu, o‘tirib gapi boshqa, amali boshqa deyishlari mumkin. Ilohim amalgacha yetib boray, bugun shu gapni aytayapmanmi, albatta, amalgacha boraman. Kinolardan ko‘ra kliplarni afzal bilib qoldim”, — deydi Aziz Rametov.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    San’atdagi yaqin do‘sti — Shohruxxonni ranjitgani haqida

    “Ikkita yaqin do‘stimni yo‘qotganman. Juda qalin do‘stlarim bo‘lgan. Ikkalasiga ham men nohaqlik qilganman. Birinchisi xonanda Shohruxxon, u ham do‘stim, akam, ulfatim, qadrdonim, unga ham nohaqlik qilganman. O‘shanda ham meni kechirgan, u juda ham mard inson.

    Ikkinchisi Sheroz, unga ham nohaqlik qilganman. Hayot shuncha ko‘zimni ochsa ham, qayta-qayta shu ishni qilganman va ularning dilini og‘ritganman. Men bu orqali kechirim so‘ramoqchi emasman, lekin uzr so‘rasam ham, bari-bir dili ozor chekib bo‘lgan, uni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har kuni Allohdan so‘rayman, qandaydir amal bersa va ularning qalbiga yo‘l topib yana o‘sha iliqlik, ishonch qaytishini istayman. Bu dunyoda do‘stdan kelgan ozor yomon bo‘ladi va do‘stlik muhabbati kuchli narsa.

    Men Shohruxxonning uyida yetti yil Yangi yil bayramini kutganman. Do‘stlarimdan, ustozlarimdan kechirim so‘rayman, boshqa bu ishni qaytarmayman”, — deydi aktyor.

    Aziz Rametov hayotda nimadan qo‘rqadi?

    “Dushmanim menga do‘st bo‘lishidan qo‘rqaman. Dushman do‘st bo‘lsa, sizning hayotingiz to‘xtaydi. Dushman dushman bo‘lib qolishi kerak, shunda siz oldinga yura olasiz, do‘st ham do‘stligicha qolsin. Dushman do‘stga aylanmasin. U bari-bir ichingizga kirib sizni yeb boshlaydi. U bilan o‘yin bo‘laveradi, sizni kechirmaydi”, — deydi Aziz Rametov.

    Mavzuga doir:

    • “Dadam ayolini onasi deb o‘ylayapti” — Aziz Rametov otasining Alsgeymer kasalligiga chalingani va xotirasini yo‘qotayotgani haqida.
    • Instagram: Baby Mohi turmush qurdi, “Dizayn”chi aktyor uylandi, Alfiya kampir mashinasini sotyapti, qamalib chiqqan Aziz Rametov.
    • 73 yoshida uylangan Ubaydulla Omondan Aziz Rametovgacha. O‘zbek shou-biznesida muhokamalarga sabab bo‘lgan to‘ylar (foto, video).
    • “Sovchi kelganida istihora namozini o‘qiganman”. Aziz Rametovning rafiqasi aktyor bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi (video).

    10.08.2022, 17:29   Izoh (0)   20571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aziza Niyozmetova, Hoshim Arslonov, Jamshid Zokirov va saratondan vafot etgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    10.08.2022, 15:29

    51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)

    10.08.2022, 12:52

    “Ko‘rish va eshitish qobiliyatimni yo‘qotdim”. Gollivud aktyori Eshton Katcher autoimmun kasallik bilan kurashmoqda

    10.08.2022, 11:55

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova

    09.08.2022, 22:33

    Aziz Rajabiy to‘ng‘ich farzandi AQSHga ketgani hamda Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” taronasiga munosabati haqida (video)

    09.08.2022, 17:44

    Shahzoda san’atni butunlay tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Xonandaning prodyuseri mish-mishlarga oydinlik kiritdi

    09.08.2022, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.