• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Aziza Niyozmetova, Hoshim Arslonov, Jamshid Zokirov va saratondan vafot etgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Saraton eng qo‘rqinchli kasalliklardan biri hisoblanadi. Kechiktirilgan davolash ko‘p hollarda o‘lim bilan yakunlanadi. Afsuski, o‘zbek san’atining ko‘plab vakillari ham mazkur xastalikka chalinib, yorug‘ olamni tark etgan. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova og‘ir xastalik tufayli vafot etgan mashhurlar haqida ma’lumot to‘pladi.

    Rimma Ahmedova 

    Foto: Ziyouz.uz

    Foto: Ziyouz.uz

    Taniqli aktrisa Rimma Ahmedova murakkab turdagi teri saratoni xastaligiga chalingan. Kasallik sabab 1997-yilning may oyidan teatr, kino va dublyaj sohasidagi karyerasi butunlay yakunlangan. U to‘qqiz yil davomida og‘ir dard bilan kurashib, 2006-yilning 13-noyabr kuni 64 yoshida vafot etgan. Uning turmush o‘rtog‘i mashhur rejissor Bahodir Yo‘ldoshev hisoblanadi. Aktrisaning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi bor. Yolg‘iz o‘g‘li Bobur Yo‘ldoshev hozirgi kunda mashhur aktyorlardan biri.

    Tamara Shokirova

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Shokirova umrining so‘nggi yillarida ko‘krak saratoni xastaligi bilan og‘rigan. U jarrohlik amaliyotini ham boshidan o‘tkazgan. Afsuski, u xastalikdan butkul qutilolmagan. 2012-yilning 22-fevral kuni aktrisa kasallik sabab olamdan o‘tgan. Uning Rayhon va Nasiba ismli qizlari bor. Hozirgi kunda Rayhon G‘aniyeva o‘zbek estradasining eng mashhur xonandalaridan biri hisoblanadi.

    Jamshid Zokirov

    Foto: “Mytashkent.uz”

    Foto: “Mytashkent.uz”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov xastaligi sabab 2012-yilning 7-aprel sanasida 64 yoshida vafot etgan.

    — Bir kuni shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilishdi. “Tezda yetib keling, Jamshid akaning ahvollari og‘ir”, deyishdi. O‘sha kuni Jamshid aka do‘stlari bilan saunaga ketgan edi. Shifokorning aytishiga, u insult bo‘lgan va orqa miya bilan yiqilgach, boshi ham chayqalgan. Yoshi katta insonlarda issiqdan qon bosimi ko‘tariladi. Nazarimda, Jamshid akada ham xuddi shunday bo‘lgan. Oyoqqa turishlari uchun qo‘ldan kelganicha harakat qildik.Bir yil davomida qabuliga bormagan shifokorlarimiz qolmadi. Afsuski, bizda faqat kasallikni davolashadi, uni keltirib chiqargan omillarni o‘rganishmaydi. Insultdan keyin roppa-rosa bir yil o‘tib, 3-darajadagi saraton xastaligiga chalinganini aytishdi. Aslida, saraton hujayralari har bir insonda bor. Faqat ular biror sabab bilan uyg‘onadi. Nazarimda, Jamshid akamning umurtqa va orqa miyya bilan yiqilgani uning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Dard bilan kurashish oson kechmadi. Bunday dardni hech bir kishiga ravo ko‘rmayman, — deydi marhum aktyorning turmush o‘rtog‘i, aktrisa Gavhar Zokirova.

    Zokir O‘rmonov 

    “Charxpalak” serialidagi Xusan obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktyor Zokir O‘rmonov kutilmaganda kelgan xastalik sabab bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.

    Foto: Zokir O‘zmonov oila a’zolari arxividan

    Foto: Zokir O‘zmonov oila a’zolari arxividan

    — Zokir aka biror marta salomatligidan shikoyat qilgan inson emasdi. 2013-yil birdan jigarlarida og‘riq sezildi. Shifokorlar jigar serrozi tashhisini qo‘yishdi. Davolangach, ahvollari ancha yaxshilandi. Ammo qorinlari shishib, o‘zlarini noqulay his qiladigan bo‘lib qoldi. Semirmasa ham qorini kattalashganidan ko‘ylak tugmalarini taqishga qiynalardi. 2014-yilning fevral oyida jigar serrozi bilan emas, saraton bilan og‘riganini aniqlashdi. Bir qarashda undagi kasallik sezilmasdi. Chunki to‘y xizmatlarida faol, chaqqon va tinib-tinchimas inson edi. Afsuski, xastalik baribir o‘z kuchini ko‘rsatar ekan. U tashhis qo‘yilganidan besh oy o‘tib, vafot etdi. O‘limidan avval ozib ketgan bo‘lsa-da, yuzi yana-da nurli bo‘lib qolgandi, — deydi marhum aktyorning turmush o‘rtog‘i Komila O‘rmonova.

    Eslatib o‘tamiz, komik aktyor Zokir O‘rmonov 43 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.

    Aziza Niyozmetova

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Aziza Niyozmetova 46 yoshida og‘ir turdagi saraton xastaligidan vafot etgan. Do‘stlarining fikriga ko‘ra, xonandaning o‘limiga bachadon bo‘yni saratoni xastaligi sabab bo‘lgan. U o‘limidan ikki yil avval bergan intervyusida 44 yoshda ona bo‘lishga sog‘ligi sabab majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi.— Salomatligimni tiklash uchun farzandli bo‘lishim kerakligini aytishdi. Tavakkal deb homilador bo‘ldim. Ayol farzandli bo‘lsa, tanasi yosharar ekan, — degandi xonanda Aziza Niyozmetova.

    Xonanda saratondan shifo topish ilinjida bir muddat O‘zbekistonda, keyin esa Hindistonda davolangan. Afsuski, u 2018-yili 46 yoshida vafot etdi.

    Gulbahor Yo‘ldosheva 

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Gulbahor Yo‘ldosheva ham saraton xastiligidan vafot etgan. Unga avvaliga jigar serrozi tashxisi qo‘yilgan. Undan keyin jigar saratoni xastaligiga chalinganini aniqlashgan.— O‘limidan avval aktrisa bilan telefonda gaplashgan edim. Rolga taklif etsam “Juda ozib ketganman-da. Men og‘ir kasalman. Agar syomkalarda dilingizni og‘ritgan bo‘lsam mendan rozi bo‘ling”, degandi. Rosti o‘sha paytda bu gaplarni hazilga yo‘ygandim. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Gulbahor opaning vafot etganini eshitdim. Eng qizig‘i, og‘ir ahvolda bo‘lsa ham “Qo‘qon shamoli” filmining syomkasida qatnashayotgan ekan. Kasbiga fidoyi aktrisa edi, — deydi rejissor Zamira Begimqulova.

    Aktrisa 2019-yilning 12-iyun sanasida 61 yoshida olamdan o‘tgan.

    Abdurayim Abduvahobov

    O‘zbekning “Shum bola”si — Abdurayim Abduvahobov 2020-yilning iyul oyida 57 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uning o‘limiga ham saraton sabab bo‘lgan edi.

    Foto: Abdurayim Abduvahobov oila a’zolari arxividan

    Foto: Abdurayim Abduvahobov oila a’zolari arxividan

    — Rahmatli turmush o‘rtog‘imni beldagi kuchli og‘riq tez-tez bezovta qilib turardi. Shifokorlarga tekshirtirganimizda umurtqa sohasidagi xastalik sabab bel og‘riyotganini aytishdan. 2018—2020-yilgacha faqat bel og‘rig‘i uchun davolanib yurdi. Ammo bir-ikki kun yaxshi bo‘lib, yana og‘riq kuchayar edi. Shunday so‘ng tabiblarga ham ko‘rindi.Keyinchalik ularni kuchli yo‘tal ham bezovta qiladigan bo‘lib qoldi. Tabiblar bergan asalli malhamlardan ichib yurdilar, ammo natija bo‘lmadi. 2020-yilning 9-iyun kunidagi MRT tekshiruvida turmush o‘rtog‘im umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq xastalikka emas, balki o‘pka saratoniga chalinganlarini bildik. Rosti hammamiz shoshib qoldik. Yig‘lasam “Yaxshiman, nega xavotir olaverasan”, deb koyib bersalar ham ich-ichidan siqilayotganlarini sezardim, — deydi marhum aktyorning turmush o‘rtog‘i Gulnora Abduvahobova.

    Hoshim Arslonov

    2020-yilning 29-may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘imning vafotlaridan avval birgalikda Umra ziyoratiga borgandik. Ketayotganda kayfiyatlari yaxshi, salomatliklari ham joyida edi. U inson piyoda yurishni, sog‘lom ovqatlanishni yoqtirardi. “Dublyajda kun bo‘yi o‘tiraman”, deb televideniyega piyoda borardi. Chorsu bozoriga borib aylanishni, metrodan foydalanishni yoqtirardi.Umra ziyoratida birdan ranglari sarg‘ayib ketdi. Atrofdagilar hayron bo‘lib “Sariq kasal bo‘lib qoldilarmi, ko‘zlarining oqi ham sarg‘ayibdi”, deyishdi. Shifokorlarga murojaat qilsak, Makkada Shayx hazratlarining kasalxonasi bor ekan, o‘sha yerga olib ketishdi. Tekshiruvlardan so‘ng oshqozon osti bezida 2,5 santimetrlik o‘sma hosil bo‘lganini va u safro yo‘lini to‘sib qo‘yganini aytishdi. ‘O‘simta ikki oy avval paydo bo‘lgan’, dedi shifokor.O‘zbekistonga qaytgach, davolandik. Biroz yaxshi bo‘lganlaridan keyin nevara qizimizning to‘yini o‘tkazdik. Ammo xastalik baribir o‘z kuchini ko‘rsatdi, — deydi marhum aktyorning turmush o‘rtog‘i Mavluda Arslonova.

    Shuhrat Qayumov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 2020-yilning sentabr oyida o‘pka saratonidan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqida xonanda Mohira Asadova Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Bundan ikki yilcha avval Shuhrat Qayumov bilan bir syomka davomida ancha suhbatlashib qolganimizda u kishi ko‘p vaqtdan beri betobligi va bu betobligining sababi esa viloyatlarning birida o‘tkazgan to‘y marosimida ochiq va sershamol bo‘lgan yerda terlab turib, qo‘shiq aytgani va shu tadbirdan so‘ng ikki tomonlama pnevmoniya bo‘lgani, bu kasallikning davomi esa saraton kasalligiga ulanib ketgani va bu kasallikka davo izlab Moskva shahriga borib kelgani haqida tushkun bir kayfiyatda so‘zlab berib, meni g‘amgin qilgan edi.

    Ming afsuski, bu bedavo dard bugun safimizdan yana bir do‘stimizni olib ketdi... Yaxshi suxandon, xonanda, samimiy va kamtarin inson Shuhrat Qayumov o‘z muxlislari qalbida abadiy yashaydi. Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo‘lsin, do‘stim, diydor qiyomatga qoldi, — deb yozgandi xonanda Mohira Asadova.

    Bundan tashqari, xonandaning o‘g‘li Azizulloh Qayumov “Mashhurlar” teleloyihasiga bergan intervyusida otasining so‘nggi kunlarini quyidagicha xotirlagandi.

    — Dunyoga qayta kelsam ham bunday otani topolmayman. Chunki sog‘liklarini yo‘qotib, meni taniy olmagan paytlarida ham besh vaqt namozni unutganlari yo‘q. Ahvollari og‘irlashib, ko‘zlari yaxshi ko‘rmay qolganida ham tahoratni o‘zlari qilardilar. Onam, ukam yoki men tahorat qildiraylik desak, rozi bo‘lmasdilar. Hatto oyoqlarini yuvib qo‘yishimizga ham ruxsat bermasdilar. Onamga “Seni qiynab qo‘ymayapmanmi?”, — deb ko‘p so‘ragan ekanlar.

    Otam biz bilan do‘stdek gaplashardi. Yoshligimdan biror marta so‘kinishlarini eshitmaganman. U inson nafaqat yaxshi ota, kezi kelganda onamdanda mehribon edilar. Isitmalab qolsam o‘zlarining toblari bo‘lmasa ham tepamda turardilar. Har besh daqiqada xabar olib, internetdan o‘zlari dorilar izlardilar. Betob bo‘lib qolganlarida sog‘ayib ketishlariga ishongandim. Kovid bo‘lib qolganda, uydagilarga yuqtirmaslik uchun mehmonxonada yashab yurgandim. Dadam bilan ovozli xabar orqali gaplashardik. Hozir yuborgan ovozlarini tinimsiz tinglab yuraman, — deydi xonandaning o‘g‘li Azizulloh Qayumov.

    Mavzuga doir:

    • “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar tarixi
    • Saraton, diabet, revmatizm. Og‘ir kasalliklar bilan kurashib yashayotgan Gollivud yulduzlari
    • Iste’mol qilishdan oldin o‘ylab ko‘ring: Saraton xavfining oshishiga sabab bo‘luvchi 9 ta mahsulot

    10.08.2022, 15:29   Izoh (0)   42994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)

    10.08.2022, 12:52

    “Ko‘rish va eshitish qobiliyatimni yo‘qotdim”. Gollivud aktyori Eshton Katcher autoimmun kasallik bilan kurashmoqda

    10.08.2022, 11:55

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova

    09.08.2022, 22:33

    Aziz Rajabiy to‘ng‘ich farzandi AQSHga ketgani hamda Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” taronasiga munosabati haqida (video)

    09.08.2022, 17:44

    Shahzoda san’atni butunlay tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Xonandaning prodyuseri mish-mishlarga oydinlik kiritdi

    09.08.2022, 15:43

    Kamtarona dizayn: Gollivud aktrisasi Enn Xeteueyning 3,5 million dollarlik uyiga sayohat (foto)

    09.08.2022, 13:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.