Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalyonlar tuzish va yoki harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi.

“Diplomatik vakolatxona ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi ‘yollanish’ga ko‘ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi”, — deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona o‘zbekistonliklarni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi Ukraina bilan urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi Amir Temur nomidagi batalyonni tuzdi. “Permdagi O‘rta Osiyo o‘zbeklari jamiyati” qurultoyida uning rahbari Jahongir Jalolov Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidlagan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holatga munosabat bildirib, O‘zbekiston fuqarolaridan bunday da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi