Sirdaryo viloyati issiqlik elektr stansiyasida jami sig‘imi 2400 litrga teng bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, quyosh suv isitish qurilmalari ish boshlagach, korxona xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilayotgan issiqlik tizimi o‘chirilib, to‘liq zaxiraga chiqarilgan.
Mazkur qurilmalardan foydalanish hisobiga korxona yiliga 100 ming kilovatt soat elektr va 300 Gkall issiqlik energiyasini tejash imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)