Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar qilishicha, 11-avgust kuni Bo‘stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Foto: Amikphoto

Foto: Amikphoto
Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ko‘magida tashkil etilayotgan anjumanda “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etadi.

Mazkur festivalda 6 mingdan ortiq mehmon, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida yetakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor.

Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari namoyish etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi