Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Novofedorovka qishlog‘i yaqinida joylashgan Saki harbiy aerodromida sodir bo‘lgan portlashlarda kamida uch kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant” Qrim Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Foto: “Crimea-radio.ru”

Foto: “Crimea-radio.ru”

Mash Telegram kanalining ma’lum qilicha, qurbonlardan biri bilagida kesilgan jarohati bo‘lgan to‘qqiz yoshli bolakaydir. Bundan tashqari, u yerto‘lada yashiringan holda pastki oyog‘ini jarohatlagan. Bolakay allaqachon tibbiy yordam olgan.

Ikkinchi jabrlanuvchi esa hozir operatsiya qilinmoqda: unga ko‘krak qafasi qismiga kirmaydigan shrapnel yarasi tikilgan. Uchinchi qurbon — shrapnel jarohati olgan keksa ayol.

Avvalroq Mudofaa vazirligi Novofedorovka qishlog‘i yaqinidagi Saki aerodromi hududida bir nechta aviatsiya o‘q-dorilari portlatilgani haqida xabar berilgan edi. Agentlik, shuningdek, aviatsiya texnikasiga zarar yetmaganini ham ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Qrimdagi harbiy aerodromda qator portlashlar yuz berdi (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi